Xitoyning Tsin'yuan şahri xalq sudi qarori bilan karaoke-barda 18 kişining ölimiga olib yonğinni uyuştirgan Lyu Çunlu ismli sudlanuvçi ölim jazosiga mahkum qilindi.
Ma'lum qilinişiça, u şuningdek umrining oxirigaça barça siyosiy huquqlardan mahrum etilgan.
Sudlanuvçining aytişiça, u 23 aprel keçki payt döstlari bilan Inde şahridagi (Guandun viloyati) karaoke-barga kelgan. U ofitsiant ayoldan şilqimlik uçun dakki eşitgaç va şu barda muvaffaqiyatsiz yakunlangan uçraşuvdan aççiqlanib, barçaga barga öt qöyişini aytgan.
U 24 aprelga ötar keçasi soat 00:30da bar oldiga qöyilgan mototsikli yonilği şlangini yeçib olib, yonilği bakida katta miqdorda bölgan yonilğini yerga tökkan. Söngra u yondirgiç yordamida yonilğiga öt qöygan. Alanga qisqa fursatda bino xolliga, kiriş eşigi va yon-atrofdagi mototsikllargaça yetib borgan.
Yonğin oqibatida barning 2- va 3-qavatida bölgan 18 kişi taşqariga çiqa olmay, is gazidan böğilib halok bölgan. 4 kişi öt öçiruvçilar tomonidan qutqarib qolingan. Jinoyatçi şu kuni soat 10:00da qölga olinib, odil sudlov ixtiyoriga topşirilgan.












