GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşda gumonlanayotganlarning intervyusi ötaketgan darajadagi tahqirlaşdir. Bu haqda Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyning vakili ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Ularning davlat homiylik qiladigan OAVga bergan intervyusidagi yolğon va uydirma maxsus xizmatlar uçun haqoratdir. Buning ustiga, bu mazkur dahşatli hujum qurbonlari va ularning yaqinlari uçun ötaketgan darajadagi tahqirlaş», — deyiladi xabarda.
Meyning vakili, şuningdek, Britaniya tomoni bundan boşqa narsani kutmaganligini ham bildirdi.
«Politsiya bu ikki erkakning aybdor ekanligini isbotlovçi dalillarni aniq-ravşan taqdim etdi. Ular qidirilmoqda va biz ular agarda hattoki bir oyoği bilan Rossiyani tark etganidayoq Britaniya odil sudi oldida bölişlari uçun barça çoralarni kördik», — dedi u.
13 sentabr kuni London tomonidan Solsberida kimyoviy qurol yordamida hujum qilişda ayblanayotgan rossiyaliklar RT telekanaliga intervyu berişdi. Ular Skripal yaşagan Solsberi şahriga döstlarining maslahati bilan hamda sayyoh sifatida borişganini ta'kidlaşdi.
Britaniya tomoni bu intervyuni yolğon va axborot çalkaştiriş deb atadi.
5 sentabr kuni Moskva GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşda rasman ayblandi. Öşa kuni Skripalni zaharlaşda gumonlanayotganlarning ism-şariflari aytildi. Londonning ma'lumot berişiça, ular Britaniyaga Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov ismlariga olingan pasportlar bilan kirişgan.
London Skripallarni zaharlaşda gumonlanayotganlarning intervyusini tahqirlaş deb atadi












