Superligada 23-turdan örin olgan bir öyin yakunlandi.

Birinçi bölimda ustunlik «Navbahor» tomonda böldi. 40-daqiqada Ayubxon Nomanov gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. 

Ikkinçi bölimda taşabbus «Paxtakor» tomonga ötdi. Ular ikki marta hisobda oldinga ötib oldilar. Biroq, sönggi daqiqalarda «Navbahor» gol urib, mağlubiyatdan qutulib qoldi.

Bu natijadan söng, «Navbahor» 20 oçko bilan 2-örinda, «Paxtakor» esa 18 oçko bilan 3-örinda bormoqda. 

Superliga, 23-tur
14 sentabr, Namangan
Navbahor (Namangan) – Paxtakor (Toşkent) - 3:3
Gollar: Ayubxon Nomanov (40), Azizbek Turğunboyev (76), Igor Golban (90) - Dragan Çeran (48), Ismoil Gonsalveş (72), Farrux Sayfiyev (80)