Xitoydagi Xiabu Xiabu restoranlar tarmoği aksiyalari narxi taomdan topilgan kalamuş bolasi sababli 12 foizga tuşib ketdi. Buning oqibatida kompaniya kamida 190 mln dollar ziyon körgan.
Tarmoqning ilk restorani 1998 yilda oçilgan bölib, hozirda Xitoy böylab 300 tadan köproq restoranga ega. Bu restoranlar Xitoyning deyarli barça yirik şaharlari, jumladan Veyfanda ham mavjud bölib, bu yerdagi restoran oşpazlari tayyorlagan şörva sababli tarmoqning “şöriga şörva tökildi”.
Gap şundaki, restoranga eri bilan birga kelgan homilador ayol şörvasidan kalamuş bolasi çiqqan. Bungaça esa ayol şörvadan bir neça qoşiq tatib körişga ulgurgan. Juftlik darhol restoran boşqaruvçisini çaqirtirib, ularga “topilma”ni körsatişgan.

Restoran ma'muriyati darhol mijozga yetkazilgan ma'naviy zararni qoplaş uçun 5 ming yuan (730 dollar) berişni taklif qilgan. Biroq er-xotin pulni olişdan boş tortib, ayol yegan ovqati unga va homilasiga zarar yetkazmaganiga işonç hosil qiliş uçun tibbiy körikdan ötişi kerakligini, şundan keyingina tovon puli va uning miqdori haqida gaplaşiş mumkinligini aytgan.

Şunda restoranning “ziyrak” xodimlari nafaqat tibbiy körik haqini tölab berişni, balki ayolga abort qilişni taklif qilib, bunga ketadigan 20 ming yuanlik (3 ming dollar) xarajatni öz zimmalariga olişlarini aytişgan.
Juftlik abort haqidagi örinsiz sözlarni eşitgaç, restoran bilan barça muzokaralarni bas qilib, bölib ötgan voqea haqida şörvadagi kalamuş suratini ilova qilgan holda
internetda ma'lum qilgan.
Tez orada surat Weibo ijtimoiy tarmoğida tarqalib, restoranlar tarmoği aksiyalariga ta'sir qilgan. Aktsiyalar 11 sentabrda 2017 yil otkyabridan beri eng minimum qiymatga tuşib ketgan. Tarmoq rahbariyati maş'um restoranni vaqtinçalik yopişga, turli sanitariya xizmatlari tekşiruvlaridan ötişiga va OAVda özini köplab marotaba oqlaşiga töğri kelgan. Biroq aytiş joizki, 12 sentabrdan tarmoq aksiyalari narxi yana kötarila boşlagan.












