«Yoşlar press-klubi»ning navbatdagi sessiyasi

«Yoşlar press-klubi»ning navbatdagi sessiyasida «Yoşlarga oid davlat siyosati: amalga oşirilgan işlar, muammo va yeçimlar!» muhokama etildi. 

1991 yilda birinçilardan bölib qabul qilingan hujjatlardan biri «Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida»gi qonun edi. Vaqt ötgaç, har qanday qonun ham eskiradi. Uning zamon talablariga, yangi davr yoşlarining hayotiga, dunyoda bölayotgan voqea-hodisalarga mos tarzdagi yangi tahriri oradan 25 yil ötgandan söng 2016 yili 14 sentabrda qabul qilindi. Har bir qonun, albatta ijrosi bilan gözal. Bugungi press-klubda ham “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida“gi qonun doirasida qilingan amaliy işlar sarhisob qilindi.

«Yoşlarga oid davlat siyosati: amalga oşirilgan işlar, muammo va yeçimlar!» mavzusida bölib ötgan press klub sessiyasida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar komissiyasi raisi – Kozim Tadjiyev, Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari v.b – Olimjon Töyçiyev, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qömondonining örinbosari – Şuhrat Şakirov, Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti direktori – Aktam Jalilovlar spiker sifatida iştirok etişdi.

Spikerlar yoşlarga oid davlat siyosati mamlakatda siyosiy yönaliş sifatida Özbekistonning mustaqillik yillari tarixida yuz bergani hamda davlat tomonidan maqsadli amalga oşirilgan yoşlarga oid barça ijtimoiy özgarişlar, tub islohotlar haqida, xususan, 2016 yil 14 sentabrda imzolangan «Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati, Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan joriy yilning sentabr oyida «Yoşlarga oid davlat siyosati tarğiboti oyligi»ni taşkil etilişi hamda oylik doirasida amalga oşiriladigan çora-tadbirlar töğrisida fikr yuritişdi.

– Bugun davlat boşqaruvida yoş rahbar kadrlar qatlami şakllandi. Avvallari biror kattaroq davrada fikr bildirsak, bu hali ham yoş bola degan kinoyaomuz qaraşlar bölardi. Endi Prezidentning özi bizga işonyapti. Mas'uliyatli vazifalarni topşiryapti. Mana körib turibsizki, biz uddalayapmiz. Töğri bizda tajriba bölmasligi mumkin, lekin energiya bor, iştiyoq bor. Işonçni oqlaşga bölgan harakat bor. Şuning uçun bugun yoş rahbarlarga ham qaraş özgardi. Endi biz örtaga qöygan takliflar muhokama etilyapti, ma'qullanyapti va amalga oşirilyapti. Özimizning vazirlik misolida aytadigan bölsam, Prezidentimiz qaroriga köra, yaqin kunlarda «Innovatsion haftalik tadbirlari» ötkazişni rejalaştiryapmiz. «Xalqaro robototexnika» tanlovini ham mazkur haftalik doirasida ötkazamiz, – deydi Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari v.b. Olimjon Töyçiyev.

Olimjon Töyçiyev / Foto: Yoşlar press-klubi

Press-klubda yoşlar siyosati, ularning iş bilan bandligi masalasi, yoş, namunali oilalarga «Yoşlar uylari»ning berilişi, Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti tinglovçilarini öqitiş mezonlari haqida ham töxtalib ötildi.