Unda ötgan ikki yil davomida Oliy ta'lim sohasini tartibga soluvçi 20 dan ortiq hujjatlar qabul qilingani, biroq oliy ta'lim sohasini tartibga soluvçi «Oliy ta'lim töğrisida»gi yagona nizom haligaça yangi tahrirda qabul qilinmayotgani borasida savol berildi.  

Bu borada, şuningdek, «Oliy ta'lim töğrisidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2018 yil avgust oyidayoq regulation.uz’da (hujjat loyihalari muhokamasi portali) joylaştirilgani ma'lumot örnida keltirildi.

Savolga Oliy va örta maxsus ta'limi vaziri Inomjon Majidov javob berdi.

«Xabaringiz bor ekan, bizda amaldagi nizom mavjud. Xöş, nima uçun bizda uning yangilangan şaklini qabul qiliş bosqiçi çözilyapti? Vaholanki, bu işni biz bir yarim, ikki yil avval boşlaganmiz.

Ötgan vaqt davomida Oliy ta'limga aloqador 20dan ortiq hujjat qabul qilingani ham rost gap. Bu hali asosiy hujjatlar. Biz qabul qilayotgan hujjatlar oliy ta'limning tuzilişi, taşqi körinişi, taşkiliy masalalariga tegişli.

Hozir şunday vaziyatki, har yili oliy ta'limga oid önlab özgarişlar qilinyapti. Biz hozir yagona xujjatni tasdiqlaganimiz bilan uni baribir har oyda özgartirişimiz kerak böladi. 

Bizda hozir bunga {«Oliy ta'lim töğrisida»gi yagona nizom - tah} alternativ ravişda me'yoriy va undan kam bölmagan hujjatlar çiqyapti. 

«Oliy ta'lim töğrisida»gi nizom esa oliy ta'lim muassasalari faoliyatining barça jihatlarini özida jamlagan bölişi kerak. Şuning uçun ham bu hujjatga loyiha davridayoq özgartiriş kiritilyapti.

Öylaymanki, şu yil hujjatning taşkiliy masalalari hamda mazmuni töldirilganda, pedagogik tarkibning me'yoriy talablari turğun ravişda şakllanganda biz uni tasdiqqa kiritamiz. 

Qaytaraman, hozir bizda oliy ta'lim muassasasi faoliyati uçun nizom mavjud», – deya Inomjon Majidovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.