16 sentabr, soat 12:30 holatiga köra, UzCard banklararo tölov tizimi işdan çiqqanligiça qolmoqda. Tizim serverlarida 15 sentabr kuni soat 18:52da jiddiy xato yuzaga kelgandi va bu muammo 18 soatga yaqin vaqt ötib ham bartaraf etilmadi.

Ikkinçi kundirki, savdo şoxobçalari terminal böyiça tölovlarni qabul qilmay qöygan, kartoçka orqali onlayn tovar va xizmatlarni sotib oliş, PayMe yoki Click orqali ham tölov qilişning imkoni bölmayapti. Bu holat esa öz-özidan Özbekistondagi savdolarga jiddiy ta'sir körsatmoqda.

Ayni vaqtda muammo sababi aytilmayapti, muammo qaçon yeçilib, plastik kartalar işlay boşlaşi haqida heç qanday rasmiy ma'lumot berilmayapti.

Ijtimoiy tarmoqda bu sohadagi monopoliya keskin norozilik uyğotmoqda.

Ma'lumot uçun, UzCard tizimi Yagona umumrespublika protsessing markaziga tegişli bölib, mamlakatning barça banklari söm plastik kartalari faoliyatini boşqaradi.

UzCard tizimida 15 sentabr kuni soat 18:52dan boşlab nosozliklar kuzatilmoqda - POS, E-POS terminallar va ATM qurilmalar protsessing markazi bilan ulana olmayapti, şu sabab plastik karta egalari tölovlarni amalga oşira olişmayapti.

UzCard yuzaga kelgan «vaqtinçalik noqulayliklar» uçun uzr sörab, kompaniya mutaxassislari nosozliklarni bartaraf etiş uçun qölidan kelgan barça çoralarni işga solayotganini ma'lum qilgandi.

Statistik ma'lumotlarga köra, 2018 yil 1 sentabr holatiga köra, muomaladagi bank plastik kartalari soni - 18 million 26 ming 562ta, terminallar soni 243 ming 236ta, bankomat va infokiosklar soni esa 6279tani taşkil etgan. 2018 yil yanvar-avgust oylari davomida tölov terminallari orqali tuşgan tuşumlar 39 trln 278 mlrd sömdan ortiq bölgan. Bir kunda respublika böyiça örtaça 164 mlrd.söm terminal tuşumlari amalga oşiriladi.