“Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati taklifiga binoan joriy yilning 12-14 sentabr kunlari Fransiyaning “Beicip Franlab“ kompaniyasi delegatsiyasi Toşkentda böldi.

Taşrif doirasida “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati  rahbariyati bilan uçraşuvlar va kompaniya bölinmalari bilan işçi uçraşuvlar ötkazilib, ularda uglevodorod xomaşyosini qidiriş va işlab çiqariş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.  

Foto: Özbekneftgaz

“Beicip Franlab” 1960 yilda taşkil topgan bölib, u Fransiyaning Neft va gaz instituti (IFPEN)ning şö'ba kompaniyasi hisoblanadi.

“Beicip Franlab” geologik-qidiruv işlarni ilmiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, zaxiralarni mustaqil baholaş, neft va gaz konlarini özlaştirişga oid maslahatlar beriş, uglevodorodlar qazib oliş va qayta işlaşni optimallaştiriş uçun yeçimlar topiş va geologik-geofizik tadqiqotlar uçun tegişli dasturiy ta'minotni işlab çiqişga ixtisoslaşgan dunyodagi yetakçi kompaniyalardan biridir.

Kompaniya 100dan ortiq davlatlarda iş olib boradi va 9ta xalqaro bölinmaga ega (Moskva, Parij, Jazoir, Kuala-Lumpur, Rio-de-Janeyro, Xyuston, Vilyaermosa, Abu-Dabi, Kuvaytda).  

Uçraşuvlar davomida tomonlar qidiruv işlari, konlarni işlab çiqiş, “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining xorijiy bozorlarga çiqişi va kompaniya mutaxassislari uçun treninglar taşkil etiş doirasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Foto: Özbekneftgaz

Uçraşuvlar natijalari asosida kelgusidagi hamkorlik yönalişlari va takliflar tayyorlaş böyiça qöşma işçi guruh tuzildi.