Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida iştirok etmoqda. 53ta davlatni birlaştirgan JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosiga Özbekiston ham a'zo hisoblanadi. Bu haqda Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati

Joriy yil 17 sentabr kuni Italiya poytaxti Rim şahrida boşlangan mazkur nufuzli sessiyada inson salomatligi bilan boğliq qator muhim masalalar, jumladan, 2018 yilda Yevropada soğliqni saqlaş holati,  tibbiyot va aholi farovonligini qöllab-quvvatlaş, mintaqada barqaror rivojlaniş uçun inson salomatligini yanada yaxşilaşga qaratilgan köplab yönalişlar muhokama etilişi kutilmoqda.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati

JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasi 20 sentabrga qadar davom etadi.