AQŞ 2018 yilning 1 oktabrida boşlanadigan 2019 moliyaviy yilda 310 ming nafargaça qoçoq va boşpana sörovçilarni qabul qilişni rejalaştirgan. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo xabar qildi.

"Biz 30 ming nafargaça qoçoqni qabul qilmoqçimiz hamda AQŞ hududidan boşpana söragan 280 mingdan ortiq murojaatni qanoatlantirmoqçimiz", - dedi u.

Uning sözlariga köra, Amerika hududida boşpana oliş uçun 800 mingdan ortiq da'vogar ariza bergan.

2017 yil oktabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp 30 sentabr kuni yakuniga yetadigan 2018 moliyaviy yilda 45 mingdan köp bölmagan qoçoqni qabul qiliş töğrisidagi farmonni imzolagandi. Şu tarzda qoçoqlarni qabul qiliş böyiça kvota uçdan bir qismga kamaygandi.

USA Today gazetasining xabar berişiça, Donald Tramp prezidentligi davrida AQŞ 29 mingdan ortiqroq qoçoqni qabul qilgan bölib, bu sönggi 15 yildagi eng past körsatkiçdir.  Kiçik Jorj Buş va Barak Obama prezidentligi davrida qoçoqlarni qabul qiliş böyiça kvota yiliga 70 mingdan 80 minggaça bölgan.