Nigeriyada davomiy yomğirlardan keyin mamlakatdagi ikki yirik daryo – Niger va Benue qirğoqlaridan çiqib ketdi. Buning oqibatida yuz bergan toşqinlarda 100 dan köproq odam halok böldi, deb xabar berdi VVS telekanali. 

Ma'lum qilinişiça, tabiiy ofat mamlakatning 12 ta ştatini qamrab olgan. Qişloq hududlari ayniqsa katta talofat körgan, bu yerda ekin maydonlari, turar-joylar, avtomobil yöllari suv ostida qolgan.

4 ta ştat: Kogi, Niger, Anambra va Deltada favqulodda vaziyat e'lon qilingan.

Nigeriyada toşqinlar har yili yomğirlar mavsumida yuz berib turadi, biroq oxirgisi 2012 yildan beri eng kuçlisi bölgan. Toşqinlar oxirgi yillarda yuz minglab nigeriyalikning boşpanasiz qolişiga olib kelgan.