Xabarga koʻra, yogʻingarchilik tufayli ayrim hududlarda yomgʻir suvlari toʻplanishi va joylarni suv bosishi ehtimoli ham bor.

Sel-suv toshqini xavfi quyidagi hududlarda kutilmoqda:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va Gʻuzor tumanlari.

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon va Muzrabot tumanlari.

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari.

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari.

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari.

Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari.

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqoʻrgʻon tumanlari.

Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona va Beshariq tumanlari hamda Shohimardon hududi.

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod va Marhamat tumanlari, shuningdek, Xonabod shahri.

Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchilar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga chaqirildi.

Ogohlantirishda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi qayd etilgan. Ayrim joylarda esa yomgʻir suvlarining toʻplanishi mahalliy suv bosish holatlariga sabab boʻlishi mumkin.