DW xabariga köra, Nigeriya Soğliqni saqlaş vazirligi bu haqda 20-oktabr kuni maʼlum qilgan. Virus Ugandadan samolyotda kelgan ayolda topilgan.
Uganda Soğliqni saqlaş vazirligi bemor Nigeriya fuqarosi ekanini va mamlakat hududidan faqat tranzit sifatida foydalanganini aniqlaştirgan. U bunga qadar Kongo Demokratik Respublikasining şarqiy qismida xizmat safarida bölgan.
Ugandada avval ham Ebola bilan kasallaniş holatlari qayd etilgan, biroq keyinçalik rasmiylar mamlakatda faol holatlar qolmaganini eʼlon qilgan edi.
Kongo Demokratik Respublikasida esa Bundibugyo virusi keltirib çiqargan Ebola kasalligining avj olişi may oyidan beri davom etmoqda. DW keltirgan sentabr örtalaridagi maʼlumotlarga köra, mamlakatda 7 mingdan ortiq kasallaniş holati tasdiqlangan, 3 300 dan ziyod kişi vafot etgan.
Mamlakatda hukumat kuçlari va isyonçi guruhlar örtasida davom etayotgan qurolli mojaro kasallik tarqalişini çeklaş işlarini qiyinlaştirmoqda.
Nigeriyadagi yangi holatdan söng rasmiylar bemor bilan ehtimoliy aloqada bölgan şaxslarni aniqlaş va kuzatiş işlarini olib bormoqda.













