AQŞda sirk tuyasi bilan boğliq noxuş voqea oqibatida 7 kişi jabrlandi. Bu haqda Fox News telekanali ma'lum qildi.
Telekanal uşbu voqea videosini e'lon qilgan. Videoda nazoratdan çiqqan tuya sahnadan tribunalar tomon yugurayotganini köriş mumkin. Bunda tuya ustidagi sirkçi ayol oyoği egar-jabduqda çuvalaşib qolgani sababli undan sakray ololmagan. Tsirk xodimlari jonivorni tinçlantirişga erişişgan.
Telekanalning ma'lum qilişiça, voqea oqibatida 6 nafar yoş bola va bir nafar katta yoşli odamga tibbiy yordam kerak bölgan. Heç kim jiddiy jabrlanmagan.











