Amerikalik milliarder, Bridgewater Associates investitsiya kompaniyasi asosçisi Rey Dalio jahon iqtisodiyotining holatini baholadi va kelgusi bir neça yil içida yangi moliyaviy inqiroz yuz berişi mumkin, degan xulosaga keldi. U bu haqda Business Insider'ga bergan intervyusida aytdi.

Dalioning aytişiça, iqtisodiy sikl bir neça bosqiçga bölinadi. Avvaliga qarzlar işlab çiqarişdan tuşadigan daromad bilan birga ösadi va aktivlar qiymati ham oşadi. Keyinçalik markaziy banklar qarzdorlikning ösişi sababli pul-kredit siyosatini kuçaytirişga kirişadilar.

Moliyaçining ta'kidlaşiça, şundan söng foiz stavkalari deyarli nolga yaqinlaşadi va iqtisodiyot depressiya bosqiçiga kiradi, bu markaziy banklarni aktivlarni sotib oliş hamda miqdoriy yumşatiş siyosatini qöllaşga majbur qiladi.

«Mening fikrimça, biz yaşayotgan davr ötgan asrning 30-yillari bilan juda öxşaş», - deydi Dalio. Uning qayd etişiça, hozirgi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni Buyuk depressiya davriga öxşatiş mumkin.

Bundan taşqari, milliarderning ta'kidlaşiça, bunday şaroitda kambağallar va boylar örtasidagi tafovut ösib boradi - bu, uning fikriga köra, populistik ritorikaning oşişiga olib keladi.