Özbekistonning Singapurdagi elçixonasi «Öztreyd» AJ va Sirdaryo hokimligi kömagida Singapurga qovunlar yetkazib berdi. Birinçi sinov partiyasi mamlakatdagi eng yirik çakana savdo tarmoği - Mustafa’ga yuborildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Özbekiston diplomatik vakolatxonasidan xabar berişlariça, yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari (qovun, pomidor, gilos, dukkakli ösimliklar va boşqalar), Singapur bozorida talabgir bölgan boşqa mahsulotlar importini yölga qöyiş maqsadida Century Global Pte Ltd kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Xususan, kompaniya kömagida Özbekiston mahsulotini Fair Price çakana savdo supermarketlar tarmoği orqali ilgari suriş rejalaştirilmoqda, u ham özbek qovunlarining sinov partiyasini qabul qilib oldi.

Singapurdagi 200ta Fair Price çakana savdo dökonlar tarmoği orqali har kuni 600 mingdan ziyod xaridorga xizmat körsatiladi. Bundan taşqari, kompaniya yangi mahsulotlarni tarqatiş va markazlaşgan saqlaş hamda distribyutorlik kompaniyasiga egalik qiladi.