2026-yil uçun dunyoning eng raqobatbardoş iqtisodiyotlari reytingi eʼlon qilindi. Unda Singapur 100 ballik körsatkiç bilan birinçi örinni egalladi. Undan keyingi örinlarni Hongkong va Şveysariya band etgan.
Hongkongning körsatkiçi 95,6 ballni, Şveysariyaniki esa 95,3 ballni taşkil qilgan. Tayvan reytingda törtinçi öringa joylaşgan.
Daniya, Irlandiya va Birlaşgan Arab Amirliklari 94,1 balldan töplagan. Ular reytingda mos ravişda beşinçi, oltinçi va yettinçi örinlarni egallagan.
Singapur reytingdagi törtta asosiy raqobatbardoşlik yönalişining barçasi böyiça kuçli beşlikka kirgan yagona iqtisodiyot böldi. Mamlakatning biznes samaradorligi böyiça körsatkiçi 2026-yilda birinçi öringa kötarilgan. Bu Singapurga umumiy reytingda Şveysariyani ortda qoldirib, yetakçilikni qaytarib oliş imkonini berdi.
IMD metodologiyasi 341 ta mezonni qamrab oladi. Ular 20 ta kiçik yönaliş va törtta asosiy omilga - iqtisodiy körsatkiçlar, davlat boşqaruvi samaradorligi, biznes samaradorligi hamda infratuzilmaga ajratilgan.
Yakuniy bahoning uçdan ikki qismi statistik maʼlumotlar asosida şakllantiriladi. Qolgan uçdan bir qismi esa kompaniyalar rahbarlari örtasida ötkazilgan sörov natijalariga asoslanadi.
Reyting iqtisodiyot hajmi har doim ham uning raqobatbardoşlik darajasini anglatmasligini ham körsatadi. Masalan, AQŞ dunyoning eng yirik iqtisodiyoti bölib qolayotganiga qaramay, IMDʼning 2026-yilgi reytingida 10-örinni egallagan.
Reytingdagi birinçi öntalikning töqqiz örni Yevropa va Osiyo iqtisodiyotlari hissasiga töğri keladi. Eng raqobatbardoş iqtisodiyotlarning aksariyatida yuqori biznes samaradorligi, rivojlangan infratuzilma, malakali kadrlar va samarali institutlar uyğunlaşgan. Bu omillar investitsiya va tadbirkorlik faoliyati uçun barqaror hamda oldindan prognoz qiliş mumkin bölgan muhit yaratadi.
2026-yilgi hisobotda davlat institutlariga işonç va qonun ustuvorligiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Barqaror va oldindan tuşuniş mumkin bölgan tartibga soliş tizimi, şartnoma şartlarini samarali himoya qiliş imkoniyati hamda sifatli davlat boşqaruvi kompaniyalarga hatto geosiyosiy beqarorlik şaroitida ham uzoq muddatli investitsiya qarorlarini qabul qilişga yordam berişi qayd etilgan.








