Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Singapur katta vaziri Li Syan Lun boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Maʼlumot uçun, Li Syan Lu – Singapur asosçisi Li Kuan Yuning öğli. U 2004–2024-yillarda Singapur boş vaziri edi. Şavkat Mirziyoyev 2023-yil yanvar oyida Singapurga amalga oşirgan davlat taşrifida Li Syan Lu bilan muzokaralar ötkazgan.
Suhbat avvalida katta vazir Singapur prezidenti Tarman Şanmugaratnam va boş vaziri Lourens Vongning samimiy salomi hamda ezgu tilaklarini yetkazdi.
Özbekiston – Singapur munosabatlari izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Siyosiy muloqot hamda barça darajalardagi ikki tomonlama aloqalar faol qöllab-quvvatlanmoqda.
Tovar ayirboşlaş hajmi va qöşma korxonalar soni jadal surʼatlarda ösib bormoqda. Singapurning Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi qariyb 2 milliard dollarni taşkil etdi.

Singapur işbilarmonlarining yurtimizdagi investitsiyaviy faoliyatini kengaytiriş rejalari qöllab-quvvatlandi. Strategik va innovatsion şeriklik böyiça örta muddatli qöşma dasturni işlab çiqib, unda savdo, investitsiyalar, texnologiyalar transferi, davlat boşqaruvi tizimini modernizatsiya qiliş, inson kapitalini rivojlantiriş, raqamlaştiriş va boşqa yönalişlarga ustuvorlik berişga kelişib olindi.
Özbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini takomillaştiriş, Toşkent xalqaro moliya markazi va raqamli bank tizimini rivojlantirişda Singapurning ilğor tajribasini joriy etişga alohida eʼtibor qaratildi.

Singapur oliy taʼlim muassasalarining Özbekistondagi faoliyati bundan buyon ham qöllab-quvvatlanişi bildirildi.
Yuqori darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayonini baholaş va qöşma rejalarni muvofiqlaştiriş uçun siyosiy va iqtisodiy tuzilmalar örtasida muntazam muloqotni yölga qöyiş zarurligi taʼkidlandi.













