“Özbekiston 24” telekanalida Toşkent şahar Şayxontohur tumanidagi 197-sonli maktabgaça ta'lim muassasasidagi holat haqida lavha efirga uzatildi.

Bu yerdagi pala-partişliklar, qöştirnoq içidagi öyinlardan yoqa uşlaysiz, deyiladi lavhada. 

Kadrlar bilan boğliq maşmaşalar, norasida gödaklarning haqiga xiyonat, işçi xodimlarning insoniy manfaatlarini toptaş... Xullas, tekşiruvlar natijasida gapirsa til, gapirmasa dil kuyadigan juda köplab holatlar aniqlangan, deya qayd etiladi lavhada. 

-  Uşbu muassasani mudiraning onasi - Nodira opa degan ayol boşqarib kelganligi holatlari aniqlandi. Bizga uşbu muassasaning ustidan juda köplab ariza va şikoyatlar kelib tuşdi. Şu şikoyatlar asosida örganib çiqilganida, ota-onalar hamda xodimlar “Nodira opa” degan ayolni mudira deb bilişlarini aytişdi, - deydi Maktabgaça ta'lim vazirligi içki audit xodimi. - Bundan taşqari, muassasaga turli lavozimlarga rasmiylaştirilgan uç nafar şaxs haqiqatda iş vazifalarini bajarmagan bölib, ularning nomlariga iş haqlari hisoblangan. Muassasada qöştirnoq içidagi tijorat guruhlari taşkil qilingan bölib, davlat tomonidan belgilangan ota-ona badal pullaridan taşqari, ota-onalar tomonidan 125 ming sömdan qöşimça tölov tölab kelingan. Bolalarga oziq-ovqatni taşkil qiliş masalalari böyiça örganilganida, örganiş kunida 56 kg göşt mahsuloti qozonga solinişi kerak bölgan bölsa-da, lekin haqiqatda 56 kg göşt aniqlanmadi. Uning örniga 9 kg keça pişirib qöyilgan göşt mahsuloti muassasa oşxonasida aniqlandi. 

Lavhada bildirilişiça, tekşiruvçilardan yaşirib çaqqon xodimlar öşa pişgan-aynigan göştni çiqindixonaga taşlab yuborişgan. Oşxonada esa pişayotgan ovqatga avvalboşidan solinmagan göşt tekşiruvçilar bu yerga kirib kelgunigaça solib yuborilganligi ma'lum bölgan. 

Tasvirga oliş jarayonlari ketayotganligidan xabar topgan boğçaning sobiq mudirasi ayni paytda faoliyat olib borayotgan xodimlarga tahdid etib telefon qilgaç, suhbatdoşining pöpisalaridan ularning ahvoli yomonlaşdi. Tez yordam maşinasi çaqirtirilgan.

Yana bir açinarli holat - boğça hududida çinni buyumlar, ya'ni piyola işlab çiqaradigan sex oçilgan. Mutaxassislarning e'tirofiça, bu sexda foydalaniladigan xomaşyo va böyoq bolalarning soğliğiga zarar yetkazadi.