Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “ Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobiga bir martalik subsidiyalar beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruği loyihasi joylaştirildi.

Subsidiya quyidagi maqsadlarda tölanadi:

a) ABKMda (Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasidagi tuman va şahar Aholi bandligiga kömaklaşiş markazlari) röyxatdan ötgan va tadbirkorlik faoliyatini boşlaşni xohlovçi işsiz şaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor, kiçik korxonalar va mikrofirma sifatida davlat röyxatidan ötkaziş uçun - xarajatlarning eng kam iş haqining ikki baravarigaça miqdorida;

b) aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub şaxslarni, şu jumladan, nogironligi bölgan şaxslarni zaxiralangan (kvotalangan) eng kam sondan ortiq miqdorda işga qabul qilgan taşkilotlarga - har bir qabul qilingan xodim uçun har oyda eng kam iş haqining ikki baravari miqdorida. Bunda işga qabul qilingan mazkur toifadagi şaxslarning bandligini eng kam son (kvota) oşgan sanadan boşlab kamida ön ikki oy davomida saqlaş şarti nazarda tutiladi;

v) iş beruvçilarga - ABKMning yöllanmasi böyiça işga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub xodimlarni, şu jumladan, nogironligi bölgan şaxslarni kasbga qayta öqitiş va ularning malakasini oşirişga sarflanadigan xarajatlarni moliyalaştirişga - har bir xodim uçun eng kam iş haqining uç baravari miqdorida.

Subsidiya fuqarolarning quyidagi toifalariga berilmaydi:

iş bilan band bölganlarga;

ta'lim muassasalarida (kunduzgi ta'limda) öqiyotgan talaba va öquvçilarga;

pensiya yoşiga yetganlarga va pensionerlarga.

Subsidiya mablağlari quyidagi maqsadlarga beriladi:

yakka tartibdagi tadbirkor, kiçik korxonalar va mikrofirma sifatida davlat röyxatidan ötiş uçun davlat boji tölaşga;

elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikatini oliş uçun tölovga;

muhr va ştamp tayyorlaş uçun xizmat haqini tölaşga.

Bunda yuqorida körsatilgan xarajatlarni qoplaş eng kam iş haqining ikki baravari miqdoridan oşib ketmasligi şart.

Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni xohlovçi işsiz fuqarolar subsidiyani oliş uçun ABKMga murojaat qiladilar.

ABKM tomonidan fuqarolarning arizasi kelib tuşgan kundan boşlab ikki kun muddat içida murojaati körib çiqiladi, subsidiya ajratiş töğrisida qaror qabul qilinadi hamda bu haqda fuqarolarga ma'lum qilinadi.

ABKM tomonidan subsidiya ajratiş töğrisida qaror qabul qilingandan söng fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor, kiçik korxonalar va mikrofirma sifatida qonunçilikda belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötiş va/yoki elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikati oliş va/yoki muhr va ştamp tayyorlaş uçun Davlat xizmatlari markazlaridan hisobvaraq rekvizitlarini oladi hamda rekvizitlarini subsidiya oliş uçun ABKMga taqdim etadi.

ABKM tomonidan taqdim etgan hisobvaraq rekvizitlari böyiça fuqaroning familiya, ismi va pasport seriyasini körsatilgan holda Jamğarma mablağlari hisobidan Davlat xizmatlari markazlaridan olingan hisob varaq rekvizitlari böyiça pul mablağlari ötkazib beriladi.

Subsidiya ötkazib berilgandan söng fuqaro ikki kun muddatda Davlat xizmatlari markaziga şaxsini tasdiqlovçi hujjat bilan boradi.

Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlaridan belgilangan tartibda uşbu nizomda körsatib ötilgan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun davlat röyxatidan ötadilar va/yoki elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikatini oladilar va/yoki öz ixtiyorlariga köra, muhr va ştamp tayyorlaşga buyurtma beradilar.

Davlat xizmatlari markazlari har çorakda ABKM tomonidan tölab berilgan mablağlar asosida davlat röyxatidan ötgan yakka tartibdagi tadbirkor, kiçik korxonalar va mikrofirmalar töğrisida ma'lumotlarni ABKMga elektron şaklda berib boradi.

Subsidiya qonunçilikda belgilangan tartibda tuman (şahar) hokimlarining qarori bilan zaxiralangan (kvotalangan) iş örinlaridan taşqari (belgilangan kvotadan ortiqça bölgan) har bir qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub şaxslar uçun iş beruvçilarga beriladi. Bunda işga qabul qilingan mazkur toifadagi şaxslarni iş beruvçilar tomonidan kamida ön ikki oy davomida saqlaş şarti nazarda tutiladi.