Prezident Şavkat Mirziyoyev fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş masalasi eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkazilişini maʼlum qildi.

Yangi tizimda xorijda yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun agentlikka 1,5 mln söm rağbat puli tölanadi. Yoşlarni kasb va tilga tayyorlaş uçun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi.

Şuningdek, çet eldan jalb qilingan öqituvçi va ekspertlar uçun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, öquv jarayoni uçun zarur uskuna va jihozlar esa bojxona bojidan ozod qilinadi.

Evaziga xususiy bandlik agentliklari töliq şaffof tizimda işlaydi va ularning reytingi yuritiladi. Fuqaroning aniq işga joylaşişi, huquqlari taʼminlanişi, yuqori daromad topişi va kafolatli ijtimoiy taʼminotga ega bölişi asosiy mezon böladi.