Özbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflarini sezilarli oşiriş, 2028-yil 1-maydan boşlab esa inflyatsiyadan kelib çiqib, lekin 10 foizdan yuqori bölmagan surʼatda oşirib boriş rejalaştirilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Xurşid Mustafoyev 15-oktabr kungi matbuot anjumanida buning sabablarini izohladi.
“Avvalo, bir narsani aytmoqçiman, Toşkent şahrida 2019-yildan 2024-yilgaça issiqlik va issiq suv tariflari özgarmagan. Beş yil davomida tariflar özgarmagan, lekin energiya resurslari, iş haqi va körsatiladigan xizmatlar qiymati oşgan. Şundan kelib çiqib, 2024-yilda tariflar 15 foizga, 2025-yilda esa ikki marta 15 foizdan oşirildi. 2026-yilda tariflarni 30 foizga oşiriş taklif qilinyapti.
Keyingi yilda yana şundan kelib çiqib körib çiqiladi hamda 2028-yildan boşlab issiqlik va issiq suv tariflari, xuddi elektr energiyasi va gaz tariflari kabi, har yili 1-maydan inflyatsiya darajasida, biroq 10 foizdan oşmagan miqdorda indeksatsiya qilib boriladi.
Hozirgi kunda issiqlik va issiq suv xizmatlarining tannarxi bilan aholiga sotiş narxi örtasida beş baravar farq bor. Yuridik şaxslar uçun tarif tannarxga yaqinroq, aholi uçun esa ança past. Örtadagi farq davlat byudjetidan subsidiya qilib beriladi. Butun dunyo tajribasidan bilasizlar, öz tannarxi darajasida sotilmaydigan mahsulot yetkazib berilişi kafolatlangan bölmaydi”, – dedi Mustafoyev.
2025-yil 11-martda qabul qilingan prezident qaroriga asosan, 2030-yilga qadar issiqlik taʼminoti xizmatlari uçun aholiga qöllanadigan pasaytirilgan tariflarni bosqiçma-bosqiç tannarx darajasiga yetkaziş nazarda tutilgan. Vazir örinbosarining aytişiça, bunga faqat tariflarni oşiriş bilan erişilmaydi, 2030-yilga qadar tannarx kamida 30-40 foizga pasaytirilişi kerak.
“Tannarxga yetiş faqat tarif orqali amalga oşirilmaydi. Avvalo, kompaniya tannarxni pasaytiriş böyiça dasturlar işlab çiqiladi. Öşa qarorda ham yozilgan: har yili tannarxni 15 foizdan kam bölmagan darajada pasaytiriş böyiça dastur işlab çiqiladi va uni amalga oşiradi. Ikkinçisi, hozirgi kunda isitiş xizmatida yöqotişlar ham bor – buni hamma biladi, öşa yöqotişlarni texnik auditdan ötkazgan holda, yöqotişlarni kamaytiriş böyiça modernizatsiya dasturi işlab çiqiladi. Buning natijasida tannarxni kamida 30-40 foizga kamaytirsa böladi”, – dedi u.











