AQŞ Mehnat statistikasi byurosi baholariga köra, şu davrda mamlakat böyiça umumiy bandlik 3,5 foizga ösadi. Demak, muhandislik sohasidagi ösiş surʼati umumiy körsatkiçdan ikki barobardan ziyod bölişi kutilmoqda.

Sunʼiy intellektning mehnat bozoriga taʼsiri keng muhokama qilinayotgan bir paytda, prognozlar qator muhandislik yönalişlarida iş örinlari köpayişini körsatmoqda.

Iş örinlari eng tez köpayişi kutilayotgan muhandislik yönalişlari:

  • Sanoat muhandisligi - 12 foiz;

  • Mexanika muhandisligi - 11 foiz;

  • Elektr muhandisligi - 10 foiz;

  • Kompyuter uskunalari muhandisligi - 9 foiz;

  • Aerokosmik muhandislik - 8 foiz;

  • Bioinjeneriya - 8 foiz;

  • Materiallar muhandisligi - 8 foiz;

  • Qişloq xöjaligi muhandisligi - 7 foiz;

  • Quriliş muhandisligi - 6 foiz.

Biroq foizdagi yuqori ösiş har doim ham köproq yangi iş örni yaratilişini anglatmaydi. Natija muayyan sohada hozir qança mutaxassis işlayotganiga ham boğliq.

Masalan, quriliş muhandisligidagi 6 foizlik ösiş taxminan 24,5 mingta yangi iş örniga teng. Qişloq xöjaligi muhandisligida esa ösiş 7 foiz bölişi kutilsa-da, bu atigi 100 ta qöşimça iş örnini anglatadi.

Umumiy mehnat bozorida eng tez ösadigan yönalişlardan biri soğliqni saqlaşdagi yordamçi xizmatlar bölişi prognoz qilingan. Bu sohada bandlik 13,3 foizga köpayişi kutilmoqda.

Keltirilgan raqamlar AQŞ mehnat bozoriga oid prognozlar bölib, 2025–2035-yillarda iş örinlari sonining sof ösişini ifodalaydi. Ular boşqa mamlakatlardagi talab yoki muayyan kasb böyiça işga joylaşiş kafolatini anglatmaydi.