Meksika prezidenti etib saylangan, öz lavozimiga 1 dekabr kuni kirişadigan Andres Manuel Lopes Obrador prezidentlik saroyiga köçib ötganidan söng, u yerda gamak qöyişi haqida ma'lum qildi. Meksika rahbarining sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Avvalroq, Obrador Mexikoning haşamatli tumanidagi «Sosni» prezidentlik saroyidan foydalanmasligi haqida e'lon qilgandi. U buning örniga Sokalo markaziy maydonidagi Milliy saroyda doimiy yaşaşi haqida va'da bergan.
«Men saroyni yopmayman, yöq! Menga faqatgina yiğma karavot va gamak örnatiş uçun ozgina böş joy kerak böladi», - deya aytib ötdi Obrador.
Hozirgi vaqtda Milliy saroy bir vaqtning özida milliy muzey va şahardagi prezidentlik qarorgohi funksiyalarini bajaradi. U nufuzli bölmagan tumanda joylaşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meksika prokuraturasi ikkita treylerda 300ta çiriyotgan jasadni saqlayotgani xabar berilgandi.












