Markaziy bank hisobotiga köra, Şveytsariya Özbekistonning asosiy eksport bozori bölib qolmoqda.

Yilning birinçi yarmi yakunlari böyiça unga mamlakat umumiy eksportining 31 foizi töğri keldi. Taqqoslaş uçun, Xitoyga 18 foiz, Rossiyaga esa 16 foiz töğri kelgan.

Mamlakat Şveytsariyaga pulga çaqqanda 1,5 mlrd AQŞ dollarilik mahsulotlar sotdi. Taqqoslaş uçun, bu Osiyodagi barça mamlakatlarga eksportdan (1,3 mlrd dollar) köproq va MDHning barça davlatlariga eksport hajmidan biroz kamroq (1,6 mlrd dollar).

Özbekistonning Şveytsariyaga asosiy eksport mahsuloti - qimmatbaho metallar, xususan, oltin bölib qolmoqda. Ular umumiy hajmning 30 foiziga teng böldi.

«I çorakda örtaça narxlar böyiça hisoblangan oltin sotiş hajmi - 30 tonna, II çorakda - 6,6 tonnani taşkil qildi», - deyiladi MB hisobotida.

Birinçi çorakda oltinning jahon narxlari örtaça bir troya untsiyasi uçun 1 330,7 dollarni, ikkinçi çorakda - 1 307,2 dollarni taşkil etib, 1,8 foizga tuşib ketdi.

Şunga köra, agar joriy yilning dastlabki uç oyida Özbekiston 1,2 mlrd dollarlik qimmatbaho metallarni (umumiy hajmdan 44%) eksport qilgan bölsa, keyingi 3 oy içida esa - faqat 310 mln dollarlik (12,3%).

II çorakdagi pasayişlarga qaramasdan, qimmatbaho metallar butun yarim yillik yakunlari böyiça mamlakat eksportining asosiy mahsuloti bölib qoldi - 1,5 mlrd dollar. Bu Şvetsariyaga amalga oşirilgan eksport hajmi bilan barobar.