Özbekiston yirik sport turnirlariga mezbonlik qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda bugun, 21 sentabr kuni Osiyo öyinlari sovrindorlarini taqdirlaş marosimida qatnaşgan Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov ma'lum qilgan.
«Kun.uz» muxbirining xabar berişiça, hukumat rahbari tadbir yakunida sözga çiqib, 20 sentabr kuni bölib ötgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan şu töğrisida topşiriq bölganini aytgan.
«Keça, muhtaram Şavkat Miromonoviç sport mutasaddilari va hukumat rahbarlari bilan ötkazilgan yiğilişda kelgusida yirik sport klasteri qurişga tayyorgarlik köriş va bu klaster bizga jahon darajasidagi eng jiddiy musobaqalarni ötkaziş imkonini berişi kerakligi töğrisida vazifa topşirdi», - deya ma'lum qilgan Abdulla Aripov.
«Kelgusida turli sport turlari böyiça Osiyo va jahon çempionatlarini ötkaziş, şuningdek vaqti kelib Osiyo öyinlari mezbonligi uçun kuraşiş böyiça topşiriq olganmiz», - deya qöşimça qilgan Özbekiston boş vaziri.

20 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazib, unda sohani yanada rivojlantiriş böyiça istiqboldagi muhim vazifalar belgilab berilgan edi.
Yiğilişda Şavkat Mirziyoyev Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan va Toşkent viloyatlarida taşkil etilayotgan olimpiya tayyorgarligi markazlarini 2020 yilga qadar foydalanişga topşiriş böyiça körsatmalar bergan.
Şuningdek, Özbekistonda sportni ommalaştiriş böyiça beş yillik milliy konsepsiya işlab çiqiş zarurligi ham ta'kidlangan.
Ma'lumot uçun, Özbekiston şu vaqtgaça yozgi Osiyo öyinlarga ham, qişki Osiyo öyinlariga ham mezbon bölmagan.












