2018 yil uçun inflyatsiyaning dastlabki prognoz körsatkiçlari qayta körib çiqilib, yillik inflyatsiya prognozi 16-17 foizgaça oşirildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.
Markaziy bankning dastlabki hisob-kitoblariga köra, joriy yil yakuni böyiça iqtisodiyotning ösiş sur'ati 5,0–5,2 foiz oraliğida böladi. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari böyiça belgilangan tarkibiy islohotlar va davlat korxonalarining bosqiçma-bosqiç barqaror daromadlilik körsatkiçlariga çiqişi 2019 va undan keyingi yillarda YaIM real ösişi sur'atlarining oşişiga ijobiy ta'sir körsatadi.
Asosiy kapitalga yönaltirilgan investitsiyalar, şu jumladan, hukumatning investitsion xarakterdagi xarajatlarining yuqori ösiş sur'atlari hamda iste'mol talabining oşişi taşqi omillarning iqtisodiy ösişga salbiy ta'sirini yumşatiş imkonini beradi.
Xususan, quriliş işlari, ayniqsa uy-joy qurilişi hajmlarining ortişi va infratuzilmani rivojlantiriş böyiça loyihalarning amalga oşirilişi uşbu tarmoqlar va ularga tutaş sohalarda qöşimça iş örinlarini yaratişga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, asosiy savdo hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik örta muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyotimiz rivojlanişining muhim şarti hisoblanadi.
2018 yilning birinçi yarim yilligi yakunlari böyiça tölov balansi joriy operatsiyalar hisobvaraği qoldiği -1,1 mlrd. AQŞ dollarni taşkil etdi. Bu asosan uskunalar, texnologik liniyalar, xomaşyo va işlab çiqarişga möljallangan boşqa tovarlar importining yuqori sur'atlarda ösişi bilan izohlanadi.
Mazkur investitsion talab asosan xorijiy kredit liniyalari va banklarning xorijiy valyutadagi kreditlari hisobiga qoplanmoqda.
Markaziy bankning hisob-kitoblariga köra, örta muddatli istiqbolda tölov balansidagi tarkibiy özgarişlar, yuqori sur'atlarda ösayotgan investitsiyalarni moliyalaştirişda taşqi resurslar uluşining oşib borişi bilan birga iqtisodiyotning yangi şaroitlarga moslaşuvini özida ifoda etadi.
2018 yilning II çoragida valyuta tuşumlarining ortişi monetar oltinni sotib oliş natijasida vujudga kelgan qöşimça likvidlikni öz vaqtida sterilizatsiya qiliş borasidagi Markaziy bank imkoniyatlarini qisman çekladi.
Şu bilan bir qatorda, 2018 yilning avgust va sentabr oylarida byudjyet va byudjyetdan taşqari jamğarmalar mablağlarining işlatilişini ma'lum darajada köpayişi kuzatilmoqda. Bu ham, öz navbatida bank tizimidagi likvidlikning qöşimça oşişiga olib kelmoqda.
Natijada, banklar likvidliligini ma'lum darajada oşişi kuzatilib, uşbu holat banklararo pul bozoridagi (iyundagi 13,1 foiz va iyuldagi 12,8 foizdan avgustdagi 10,6 foizgaça) va depozitlar böyiça foiz stavkalarining pasayişida öz aksini topdi.
Qayta moliyalaş stavkasining oşirilişi majburiy rezervlarni şakllantiriş mexanizmini özgarişi bilan bir qatorda, depozitlar böyiça ijobiy real foiz stavkalarini ta'minlaş orqali sömdagi jamğarmalarning jozibadorligini hamda iste'mol hajmining muvozanatli ösişini qöllab quvvatlaydi va şu orqali bank tizimidan pul resurslari çiqib ketiş xatarini pasaytiradi.
Banklarda jalb qilingan depozitlar hajmining ösişi (foiz tölovlarini oşişi natijasida), öz navbatida, uzoq muddatli resurs bazasining kengayişiga zamin yaratadi va mos ravişda iqtisodiyotni barqaror investitsion resurslar bilan ta'minlaşga xizmat qiladi.
Bank tizimida likvidlikning nisbiy profitsiti mavjud şaroitda, qayta moliyalaş stavkasi oşirilişi jami kreditlar böyiça örtaça tortilgan foiz stavkalariga aytarli ta'sir körsatmaydi.
Bunda, milliy valyutadagi kreditlar böyiça bozor foiz stavkalarining nisbatan yuqoriligi kreditlarga bölgan talabning bir qismini xorijiy valyutadagi kreditlar hisobiga qondirilişiga olib kelib, içki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga bilvosita ta'sir körsatadi.
Markaziy bank tomonidan uşbu qabul qilingan qarorlar ta'sirçanligini oşiriş maqsadida qöşimça sterilizatsiya instrumentlarini faollaştiriş böyiça çoralar köriladi hamda davlat qimmatli qoğozlarini muomalaga çiqariş böyiça Moliya vazirligi bilan hamkorlik davom ettiriladi.
Qayta moliyalaş stavkasining oşirilişi birinçi navbatda, inflyatsion kutilmalar va taşqi inflyatsion omillarning kuçayişi bilan boğliq xatarlarni minimallaştirişga qaratilgan.
Ajratilayotgan kredit qöyilmalarining qariyb yarmi davlat dasturlari doirasidagi kreditlar hissasiga töğri kelişi, şuningdek, 2018 yilning 1 oktabridan boşlab joriy etiladigan majburiy rezervlar böyiça yangi normativlar depozitlar böyiça foiz stavkalari oşganda ham kreditlar böyiça stavkalarni oşiriş zaruratini kamaytirib banklarga foiz yuklamasini pasaytiriş imkonini beradi. Bu öz navbatida, mazkur qaror iqtisodiy ösiş sur'atlariga salbiy ta'sir körsatmasligidan dalolat beradi.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritişda inflyatsion xatarlarni diqqat bilan kuzatib boradi hamda kelib tuşayotgan ma'lumotlar tahliliga asoslangan bosqiçma-bosqiçli yondaşuvdan foydalanadi. Markaziy bank tomonidan içki narxlar ösişiga monetar omillar ta'sirini pasaytiriş maqsadida pul-kredit siyosatining barça instrumentlari keng qöllaniladi.












