Özbekiston Markaziy banki boşqaruvi 4-noyabrdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qildi.

Mazkur stavka 2025-yil mart oyidan buyon özgarişsiz qolmoqda.

“Inflyatsion kutilmalar pasayib borayotgan va inflyatsiya darajasi nisbatan barqarorlaşgan bölsa-da, içki talabning yuqoriligi hamda taşqi iqtisodiy şaroitlar özgarişi bilan boğliq inflyatsion xatarlarning saqlanib qolayotganligi qatʼiy pul-kredit şaroitlarini davom ettirişni taqozo etmoqda”, – deyiladi regulyator izohida.

Qaror yuzasidan Markaziy bank press-relizi:

Inflyatsiya dinamikasi. Sentabr oyida umumiy inflyatsiya yillik 6,4 foizni taşkil etib, avgust oyiga nisbatan biroz tezlaşdi. Bunga meva-sabzavotlar, yonilğilar va ayrim xizmatlar narxlarining ösişi taʼsir körsatdi. Xizmatlar inflyatsiyasi yillik hisobda 7 foizgaça tezlaşdi. Bazaviy inflyatsiya özgarişsiz 5,5 foiz darajasida şakllandi.

Sönggi oylarda inflyatsiya dinamikasida taklif omillarining taʼsiri kuçayib bormoqda. Şu bilan birga, yillik narxlari ösişi 5 foizdan yuqori bölgan tovar va xizmatlar uluşining biroz ortişi inflyatsion bosimlar saqlanib qolayotganini körsatmoqda. Bunday şaroitda pul-kredit siyosati taklif omillari taʼsirida yuzaga kelişi mumkin bölgan ikkilamçi inflyatsion taʼsirlarni çeklaşga qaratilgan bölib qoladi.

Aholi va tadbirkorlik subektlarining inflyatsion kutilmalari pasayişda davom etdi. Xususan, sentabr oyida aholining kelgusi 12 oy uçun inflyatsion kutilmalari 8,7 foizni, tadbirkorlik subektlarining kutilmalari esa 9,2 foizni taşkil etdi.

Jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining yuqori özgaruvçanligi va energiya resurslari narxlari bilan boğliq xatarlar taşqi inflyatsion bosimni kuçaytirmoqda. Uşbu omillarning import narxlari, işlab çiqariş va transport xarajatlari orqali içki narxlarga taʼsiri inflyatsiyaning pasayiş jarayonini sekinlaştirişi mumkin.

Iqtisodiy faollik. Iqtisodiyotda yuqori faollik davom etib, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida iqtisodiy ösiş ötgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 foizni taşkil etdi. Bunda sanoat, quriliş va xizmatlar sohalari ösişning asosiy drayveri böldi.