Polşaning «Belsat» telekanali ijtimoiy tarmoqlardagi siyosat uçun javobgar bölgan öz menejyeri Ivan Şiloni işdan böşatdi. Bu u feysbukda Polşa prezidenti Anjyey Duda hamda AQŞ yetakçisi Donald Trampning «haqoratomuz» fotosuratini e'lon qilgani tufayli yuz berdi. Bu haqda «Yevropa haqiqati» yozmoqda.

Ta'kidlanişiça, «Belsat» Polşa TIV tomonidan moliyalaştiriladi.

Şilo ikki davlat yetakçilarining uçraşuvidan fotosuratni e'lon qildi, unda Trampning ötirgani, Dudaning esa biroz egilgan holda turgani tasvirlangan. Şuningdek, unga «Çapda - Polşa prezidenti» yozuvi ham qöşib qöyilgan.

Qator foydalanuvçilar suratda Polşa prezidenti özi va Polşani kamsitişga yöl qöyib bergani haqida gapira boşlaşdi. Şilo uşbu fotosurat e'lon qilinganining ertasi kuni telekanaldan böşatib yuborişgani haqida ma'lum qildi.

«Meni işdan böşatişdi. Heç qanday gap-sözlarsiz, şunçaki iş çatlaridan öçirişdi va barça kiriş hujjatlarini olib qöyişdi», - deya yozgan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Internetda AQŞ prezidenti Donald Trampning polşalik hamkasbi Anjyey Duda bilan 18 sentabrda Oq uyda olingan fotosurati zaharxandaliklarga sabab bölgandi.