Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bölişiça, şu yil 21 sentabr kuni fuqaro O.G. öğirlik qiliş maqsadida F.U.ga tegişli Saksonota mahallasida joylaşgan namunali uyining deraza panjarasini buzib uyga kirgan vaqtida, şu hududda xizmat olib borayotgan tuman içki işlar organlarining tayanç punktlari profilaktika katta inspektori, mayor K.B. uni sezib qolib uşlaganida O.G. xodimga faol qarşilik körsatib, qöli bilan urib jarohat yetkazgan. Şunday bölsa-da O.G. uşlangan.

Mayor K.B.ga esa kasalxonada tibbiy yordam körsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.