Teams korporativ messenjeri Microsoft kompaniyasining eng tez ösayotgan biznes ilovasi deya e'tirof etildi. 24 sentabr kuni Ignite texnologik anjumanida kompaniya vakillari şunday bayonot berişdi.
Microsoft kompaniyasi Teams messenjerini 2017 yilning martida işga tuşirgan, bugunga kelib 329 dan ortiq taşkilot uşbu servisdan foydalanadi. 2018 yilning martida mijozlar soni 200 mingga yaqinni taşkil qildi. Şu yilning iyulida esa kompaniya Teams'ni barça uçun bepul qildi, bunga qadar servisdan faqat Office 365 ilovalar paketi korporativ versiyasi obunaçilarigina foydalanişi mumkin bölgan.
Microsoft Teams'ning sun'iy intellekt texnologiyalariga asoslangan bir neça yangi funksiyasini namoyiş etdi. Masalan, servis videoqönğiroqlar vaqtida fonni xiralaştiriş, şuningdek suhbatlarni yozib oliş va avtomatik ravişda yozuvlarning matnli şaklini yaratiş kabi yangi funksiyalar bilan ta'minlandi.
2019 yilning oktabrida Microsoft Teams'ga iş jadvalini boşqariş uçun yangi jihozlar qöşadi: menejyerlar grafiklar tuzib, öz kompaniyasi içida ularni boşqalar bilan bölişişi mumkin böladi.












