Xalqaro forum 30-oktabr kuni Özbekistonning Vaşington ştatidagi Boş konsulxonasida bölib ötdi. Seattle AI Week haftaligining yakuniy tadbirida texnologiya kompaniyalari, universitetlar, investorlar va davlat idoralarining qariyb 60 nafar vakili qatnaşdi. Ular orasida Harvard, Vaşington va Şimoli-Şarq universitetlari hamda Sietl maʼmuriyati vakillari ham bor edi.

Tadbir Boş konsulxona, Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi, IT Park Uzbekistan hamda Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi (WDTA) tomonidan taşkil etildi.

Forum yakunida Boş konsulxona va WDTA texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi. Hujjat universitetlar, kompaniyalar va davlat muassasalari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş, Özbekiston iştirokida taʼlim taşabbuslari va sinov loyihalarini örganişni nazarda tutadi. Unda kiberxavfsizlik, maʼlumotlarni himoya qiliş va sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalanişga ham eʼtibor qaratilgan.

Prezident administratsiyasi rahbarining maslahatçisi, Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi kotibiyati rahbari Nozima Davletova mamlakatning raqamli rivojlaniş sohasidagi ustuvor yönalişlarini taqdim etdi. IT Park Uzbekistan vakili Ruslan Yapparov esa yoşlarni öqitiş va startaplarni qöllab-quvvatlaş bilan birga, hisoblaş infratuzilmasini rivojlantiriş imkoniyatlariga töxtaldi.

Sietl şahrining texnologiyalar böyiça boş direktori Şennon Smit şahar xizmatlarini yaxşilaş, qurilişga oid tartib-taomillarni soddalaştiriş va yöl harakati xavfsizligini oşirişda sunʼiy intellektdan foydalaniş tajribasini taqdim etdi. Şu doirada Sietl va Toşkent örtasida raqamli şahar boşqaruvi böyiça tajriba almaşiş istiqbollari muhokama qilindi.

Iştirokçilar universitetlarda startaplarni rivojlantiriş, ular uçun ustozlik dasturlarini yölga qöyiş va biznes ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlaş masalalarini ham körib çiqdi. Agrotexnologiyalar, suvni tejaş, til xizmatlari hamda nogironligi bölgan şaxslarning xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiruvçi yeçimlar hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida qayd etildi.