Microsoft kompaniyasi Outlook va Teams xizmatlari işida muammolar yuzaga kelganini maʼlum qildi. Nosozlikka ön minglab foydalanuvçilar, şuningdek, boşqa kompaniyalar ham duç keldi.
13-noyabr, payşanba kuni Reuters agentligi xabar berişiça, Microsoft dasturlaridan foydalanuvçi ön minglab odamlar Outlook va Teams kabi xizmatlar işidagi uzilişlardan jabr körgan. Nosozlik beş soatdan ortiq davom etgan.
Muammolar Copilot sunʼiy intellekt yordamçisi faoliyatida ham kuzatilgan. Internet resurslari işidagi uzilişlar haqida foydalanuvçilar şikoyatlarini kuzatib boruvçi Downdetector portali maʼlumotlariga köra, Microsoft servislaridagi nosozlik dunyoning 74 ta mamlakat va hududidagi foydalanuvçilarga taʼsir qilgan.
«Hozirda biz Şimoliy va Janubiy Amerikadagi foydalanuvçilar turli ulaniş usullaridan foydalanganda Exchange Online elektron poçta qutilariga kira olmayotgani haqidagi xabarlarni örganmoqdamiz», - deyiladi Microsoft 365 Status sahifasining X ijtimoiy tarmoğidagi bayonotida.
Keyinroq kompaniya Microsoft 365 xizmatlariga ulaniş bilan boğliq muammolar boşqa hududlardagi foydalanuvçilarda ham yuzaga kelişi mumkinligini maʼlum qildi.
Microsoft maʼlumotlariga köra, ayrim hududlarda infratuzilmaga tuşayotgan yuklama ortişi sababli xizmatlardan foydalaniş imkoniyati çeklangan. Biroq kompaniya xabarlaridan kelib çiqişiça, bu holat internet trafigining köpayişi bilan boğliq bölmagan.
Muammoni bartaraf etiş uçun Microsoft maʼlumotlar oqimini muqobil yönalişlarga ötkazgan. Şundan söng kompaniya tizimlar faoliyati bosqiçma-bosqiç tiklanayotganini qayd etgan.
Microsoft’dagi nosozlik boşqa kompaniyalarga ham taʼsir qildi
Reuters taʼkidlaşiça, Microsoft ilovalaridagi ommaviy uziliş boşqa kompaniyalar faoliyatiga ham salbiy taʼsir körsatgan.
Xususan, elektr yuk maşinalari işlab çiqaruvçi Workhorse Group kompaniyasi dasturiy taʼminot bilan boğliq muammolar tufayli çoraklik moliyaviy hisoboti taqdimotini 16-noyabrga qoldirgan.
Foydalanuvçilarning elektron poçta va boşqa xizmatlarga kira olmasligiga sabab bölgan nosozlik OpenAI va Anthropic kompaniyalari foydalanadigan Microsoft 365 komponentlariga ham taʼsir qilgan.












