The Verge maʼlumotlariga köra, Microsoft kompaniyasi Windows 12 operatsion tizimini çiqariş fikridan qaytib, bor eʼtiborini Windows 11 tizimini yaxşilaşga qaratadi. Kompaniya 2027-yil kuzida taqdim etiladigan 27H2 raqamli yirik yangilaniş ustida allaqaçon iş olib bormoqda.

Kiçik yangilanişlar töplamidan iborat bölgan 25H2 va 26H2 yangilanişdan farqli ravişda, 27H2 talqini uşbu OT uçun 2024-yildan beri eng yirik yangilanişga aylanadi. Manbalarga köra, tizimning asosiy tarkibiy qismlari almaştiriladi yoki tubdan yangilanadi.

Eng közga taşlanadigan özgarişlardan biri Windows 11 yangi foni böladi. Microsoft şu oy oxirida ötkaziladigan Ignite konferensiyasida dizaynning bir neçta variantini namoyiş etadi, yangilangan fon rasmlari esa yanvar oyidan boşlab ommaviy tarqatiladi. Ularning körinişi joriy Bloom ekran lavhasini eslatadi, biroq oddiy foydalanuvçilar va biznes versiyalari uçun boşqaça ranglar uyğunligi qöllanadi.

Bundan taşqari, Windows Intel APX texnologiyasini tölaqonli qöllab-quvvatlay boşlaydi hamda tezkor xotirasi (RAM) kam bölgan kompyuterlarning unumdorligini oşirişga qaratilgan muhim yaxşilanişlarga ega böladi. The Verge taʼkidlaşiça, Microsoft şunçaki jarangdor nomli yangi tizim çiqarişdan köra, Windows 11 işonçliligini va foydalanuvçi tajribasini bosqiçma-bosqiç oşiriş orqali odamlarning işonçini qaytarişga umid qilmoqda.

Ilgari Microsoft yangi Windows tizimlarini har uç yilda çiqarar edi. Biroq Windows 11 paydo bölişi bilan kompaniya biznes modelini özgartirdi va uç yillik işlab çiqiş sikli örniga tizimni muntazam yangilanişlar orqali rivojlantirib borişni nazarda tutuvçi «Windows xizmat sifatida» konsepsiyasiga ustuvorlik berdi.

Microsoft foydalanuvçilar ança vaqtdan beri sörab kelayotgan funksiyalarni qöşgan holda Windows 11 operatsion tizimini takomillaştirişda davom etmoqda. Yaqinda Windows 11 yangilanişlarini muddatsiz töxtatib turiş imkoniyati paydo böldi. Şuningdek, quvvat menyusiga yangilanişlarni örnatmasdan kompyuterni öçiriş yoki qayta yuklaş uçun alohida tugma qöşildi.