Tokio politsiyasi kamida 4 yil davomida özining ölik tuğilgan farzandini temir yöl stansiyasidagi saqlaş kamerasi yaçeykasida yaşirgan va yaçeyka ijarasi uçun muntazam ravişda pul tölab kelgan ayolni hibsga oldi. Bu haqda NHK telekanali ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, farzandini yaşirgan 49 yoşli Emi Susaki özi politsiyaga borib, bu haqda sözlab bergan. Ayolning aytişiça, u farzandini 4-5 yil avval uyida dunyoga keltirgan. Ayol tuğilgan gödagida tiriklik alomatlarini sezmagaç, sarosimaga tuşib, uni Tokioning Tayto tumanidagi Uguisudani stansiyasida joylaşgan saqlaş kamerasiga yaşirişga qaror qilgan. Politsiya ayolning körsatmalariga asoslanib, stansiyadagi yaçeykalarni tekşirib çiqqan va ulardan birida sellofan paketga öralgan gödak jasadini aniqlagan.
Ta'kidlanişiça, politsiya tafsilotlarni örnatiş uçun ayolni söroq qilgan.
Yaponiyada barça stansiyalar yonida köplab saqlaş kameralari mavjud bölib, ularning bir kunlik ijarasi narxi 2 dollardan 5 dollargaçani taşkil qiladi.












