AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT Boş Assambleyasining 73-sessiyasida çiqiş qildi. Trampning nutqi sessiya iştirokçilarida yengil kulgi uyğotdi.

AQŞ prezidenti öz çiqişini öz ma'muriyatining Oq uyda olib borayotgan faoliyatini maqtaş bilan boşlagan. 

«Ötgan ikki yilga yaqin muddat içida mening ma'muriyatim mengaça bölgan prezidentlarning ma'muriyatlaridan yaxşiroq natijalarga erişdi», degan u.

Şundan söng zalda kulgi kötarilgan.

«Bunday reaksiya kutmagandim. Lekin bu normal holat», deya xijolat bölgan qiyofaga kirgan Tramp. U özi prezidentlikka kelganidan keyin iqtisodiyotda ösiş kuzatilgani, işsizlik darajasi kamaygani va boşqa yutuqlarni sanay boşlagan.

Qayd etiş kerakki, Tramp öz çiqişiga keçikib keldi. U Braziliya prezidentidan keyin ikkinçi bölib nutq sözlaşi kerak edi, ammo natijada tribunaga Ekvador rahbari Lenin Morenoni taklif etişdi.