«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi bort kuzatuvçisi lavozimiga tanlov e'lon qildi. Tanlovda 18-25 yoşdagi, özbek, rus va ingliz tilida sözlaşa oladigan, böyi 162—175 santimetr bölgan, böyiga mos vaznga ega Özbekiston Respublikasi fuqarolari iştirok etişi mumkin.
Tanlovda qatnaşiş uçun arizalar 17 sentabrdan 5 oktabrgaça şanba va yakşanba kunlaridan taşqari har kuni soat 9:00dan 12:00gaça qabul qilinadi.
Bort kuzatuvçi lavozimiga nomzodlar töliq örta, örta-maxsus, kasb-hunar (akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji) ma'lumotiga ega bölişi, xorijda ta'lim olganlarning diplomlari esa Özbekiston Davlat test markazida nostrifikatsiya qilingan bölişi lozim.
Ma'lum qilinişiça, tanlovda nomzodlarning bilimi va dunyoqaraşiga alohida e'tibor qaratiladi. Ular Özbekiston tarixi va geografiyasini, tarixiy yodgorliklari va diqqatga sazovor maskanlarini, tarixiy va milliy qahramonlari haqida bilişlari, geografiya va jahon tarixidan xabardor bölişlari lozim.
Barça bosqiçlardan muvaffaqiyatli ötgan qizlar milliy aviakompaniyaning Toşkent şahridagi Öquv-maşğulot markazida tahsil oladi.
Qöşimça ma'lumotlar uçun 215-54-49 telefon raqamlariga qönğiroq qiliş söralgan.












