Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev aholining barça qatlamlari örtasida sportni ommalaştiriş, yoşlarning sport bilan şuğullanişi uçun yaratilgan şaroitlar va ulardan samarali foydalanişni taşkil etiş, mavjud sport inşootlarining moddiy-texnik ahvolini örganiş maqsadida Sirdaryo viloyatida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Örganiş davomida Guliston tumani bolalar-ösmirlar sport maktabida davlat mablağlari evaziga xarid qilingan köplab sport jihozlari va inventarlari foydalanmasdan omborxonada saqlanayotgani, 2008 yilda qurilib foydalanişga topşirilgan Guliston ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati bazasida usti yopiq basseyn 2 yildan buyon faoliyat körsatmayotgani, Yangiyer tumani bolalar va ösmirlar sporti maktabidagi usti yopiq basseynning isitiş tizimidagi nosozlik sababli yil böyi foydalaniş imkoniyati yöqligi ma'lum böldi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Vazir Dilmurod Nabiyev yoş avlod salomatligi yölida yirik miqdordagi davlat mablağlari hisobiga qurilgan uşbu inşootlar foydalanilmayotgani açinarli holat ekanini ta'kidlab, mutasaddilarga muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etiş topşiriğini berdi. Şuningdek, muassasa rahbarlariga zamonaviy marketing usullaridan unumli foydalangan holda davlat-xususiy şerikçiligi körinişida hamkorlikni yölga qöyiş, olingan daromad hisobidan basseynlar iş faoliyatini samarali taşkil etiş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va fidoyi murabbiylarni taqdirlaş lozimligi ta'kidlandi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 20 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda Sirdaryo, Navoiy, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahrida quriliş işlari orqada qolayotgan inşootlar böyiça topşiriqlar berilgan edi.

Vazir mazkur inşootlar qatorida bölgan Boyovut va Xovos tumanlaridagi bolalar-ösmirlar sport maktablarining qurilişi yakunlanmay qolgan bazalarida bölib, u yerda mahalliy hokimlik mutasaddilari va quriliş taşkilotlari rahbarlari bilan uçraşdi. Muloqot yakunida mazkur masala ijobiy hal qilinib, zarur mablağlar qisqa muddatda ötkazilişi belgilandi. Quruvçilardan ham öz navbatida sport obektlarini qurişda, avvalo, sifatga e'tibor qaratiş söraldi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Yakunda öz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan va yoşlarning sport bilan şuğullanişi yölida davlat tomonidan yaratilgan şaroitlardan oqilona foydalanmasdan, öz holiga taşlab qöygan 5 nafar rahbar xodimni egallab turgan lavozimidan ozod etdi.