Surxondaryoning Angor tumanida öz farzandini 5 million söm evaziga sotişga uringan ayol sud qilindi.

Norasida çaqaloği uçun moddiy manfaat közlagan ayol bir oy davomida suddan qoçib yurgan.

Ma'lum bölişiça, xabarlarda ism-şarifi Nargiza Olimova deya qayd etilayotgan ayol 2018 yil 20 iyul kuni Angor tuman tuğruqxonasida öğil farzandni dunyoga keltiradi va moddiy daromad ilinjida çaqaloqni sotiş payiga tuşadi.

Şu tariqa, u öz maqsadini amalga oşirişga kirişib, 26 iyul kuni gödakni jarqörğonlik (ism-şariflari özgartirildi) J.Ruxsoraga 5 million söm va bir dona telefon apparati evaziga sotayotganida viloyat IIB JQB UJQKB va Angor tumani IIB xodimlari tomonidan qölga olinadi. Öziga tegişli 1-1903-1801/66-sonli jinoyat işi körilişi kerak bölgan paytda esa u suddan qoçib yurgandi.

Özbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandida körsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan uşbu ayolning jinoyat işlari böyiça Angor tuman sudi tomonidan hukm öqildi.

Jinoyat işlari buyiça Angor tuman sudi raisiga asoslanib, jurnalist M.Eşmirzayeva xabar qilişiça, ayblanuvçiga JKning 57-moddasi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi va Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 72-moddasi qöllanilib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartliga almaştirilib, 2 (ikki) yil sinov muddati belgilandi.

Uning oylar davomida tuman perinatal markazida saqlanib kelingan çaqaloği Angor tuman XTBga qaraşli vasiylik va homiylik organi ixtiyoriga topşirilgan.