DW xabariga köra, 30-oktabr kuni sudya Anna Korvin-Piotrovska Konstitutsiyaviy tribunal raisi Bogdan Svençkovskiy va uning örinbosari Bartolomey Soxanskiyni bir oyga xizmat vazifalarini bajarişdan çetlatişini eʼlon qilgan.

Qarorda rahbarlar 2026-yilda parlament tomonidan saylangan va qasamyod qabul qilgan sudyalarning işlarni körib çiqişda iştirok etişiga tösqinlik qilgani keltirilgan. Korvin-Piotrovska öz vakolatini eng uzoq sudyalik stajiga ega şaxsga tribunal rahbarini almaştiriş imkonini beruvçi qonun normasi bilan izohlagan. U 3-noyabrga sudyalarning umumiy yiğilişini ham çaqirgan.

Soxanskiy esa qarorni tan olmagan va voqealarni «davlat töntarişi» deb atagan. Uning aytişiça, özini lavozimdan çetlatişga imkon beradigan huquqiy asosdan xabari yöq.

Boş vazir Donald Tusk tribunal rahbarlarining vaqtinça çetlatilişini qöllab-quvvatlagan. U buni qonun ustuvorligini tiklaş jarayoni bilan izohlab, qatʼiy harakatlar zarurligini bildirgan.

Prezident Navrotskiy esa voqealar sabab Senegalga safarini töxtatgan. Prezident maʼmuriyati uning Polşaga qaytiş qarorini rasman tasdiqlagan. Mamlakatga qaytgaç, u Svençkovskiy va Oliy sudning birinçi raisi Zbignev Kapinskiy bilan uçraşgan, söng Kapinskiy hamrohligida tribunal binosiga kirgan.

Bino atrofida namoyişçilar töplangan. Varşava politsiyasi sudyalar va xodimlar xavfsizligiga ehtimoliy tahdid haqidagi murojaatlardan söng hududni qurşovga olganini, ammo bino içiga kirmaganini bildirgan. Politsiya maʼlumotiga köra, tösiqdan oşib, tribunal hududiga kirgan uç kişi uşlangan.

Mojaro zamirida Tusk hukumati va Navrotskiy örtasida yangi sudyalarning vakolatlarini tan oliş böyiça kelişmovçilik yotibdi. Prezident parlament saylagan ayrim sudyalardan qasamyod qabul qilişni rad etgan, tribunal raisi esa ularni işlarni körişga qöymagan.

Şuningdek, adliya vaziri va boş prokuror Valdemar Jurek 30-oktabrda sudyalarning daxlsizligini bekor qiliş böyiça beşta iltimosnoma kiritganini maʼlum qilgan. Ular orasida tribunal raisi va uning örinbosariga oid murojaatlar ham bor.