Germaniya sudlarida sunʼiy intellekt yordamida tayyorlangan daʼvo arizalari soni keskin köpaydi, deb yozadi Bild.

Qayd etilişiça, ChatGPT fuqarolarga bir neça soniya içida hajman katta yuridik hujjatlarni yaratiş imkonini bermoqda. Biroq bunday hujjatlarda köpinça töqib çiqarilgan sud qarorlari va mavjud bölmagan huquqiy normalarga havolalar uçramoqda. Sudlardan biriga 4500 sahifadan iborat daʼvo arizasi kelib tuşgan.

Ayniqsa, fuqarolar advokatsiz murojaat qilişlari mumkin bölgan ijtimoiy sudlarga tuşayotgan yuklama sezilarli darajada oşgan.

Baden-Vyurtemberg federal yerida bir yil içida şoşilinç sud işlari soni 60 foizga, ijtimoiy nafaqalar böyiça nizolar esa 80 foizga oşgan. Bavariyada 2026-yilning birinçi yarmida nafaqalar bilan boğliq daʼvolar soni 60 foizga ösgan.

Şu bilan birga, sudyalar kelib tuşgan hujjatlarni, hatto ulardagi matnning katta qismi işga aloqador bölmasa ham örganib çiqişga majbur.

Sudlarga tuşayotgan yuklama ortib borayotgani fonida Germaniya Adliya vazirligi protsessual qonunçilikni isloh qilişga tayyorgarlik körmoqda. Islohot doirasida sud hujjatlarining hajmi va rasmiylaştirilişiga nisbatan talablar belgilanişi mumkin.

Şuningdek, sudlar ham uzun arizalarni tahlil qiliş va qisqartirişda sunʼiy intellektdan foydalanişi nazarda tutilmoqda.