Özbekiston Kubogining yarimfinalidan örin olgan bir öyin yakunlandi.

«Paxtakor» safarda «Qöqon-1912» bilan bellaşdi va 5:2 hisobida ğalaba qozonib, finalga çiqdi.

Toşkentliklar 1-daqiqadayoq hisobni oçişdi. Tiago Bezerra qulay imkoniyatdan foydalanib, töpni mezbonlar darvozasiga yölladi. Biroq, «Qöqon-1912» tezda hisobni tenglaştirişga erişdi. Murod Xolmuhammedov penaltini aniq amalga oşirdi. 21-daqiqada Dilşod Rahmatullayev uzoqdan çiroyli zarba yöllab, mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi.

Şundan söng, «Paxtakor» yana uç marta mezbonlarni xatolari uçun jazoladi. Gollar Ismoil Gonsalveş, Jaloliddin Maşaripov va Tiago Bezerra hisobiga yozildi. Sönggi daqiqalarda «Qöqon-1912» yarimhimoyaçisi Suhrob Berdiyevning zarbasidan söng, töp Igor Sergeyevga tegib, darvozaga kirib ketdi.

«Paxtakor»ning finaldagi raqibi 27 sentabr kuni «Bunyodkor» - OKMK öyinidan söng aniqlanadi. Final bahsi 28 oktabr kuni Farğonaning «Istiqlol» stadionida ötkaziladi.

Özbekiston kubogi, 1/2 final
27 sentabr
«Qöqon-1912» – «Paxtakor» - 2:5
Gollar: Murod Xolmuhammedov (6 pen), Igor Sergeyev (90+1 avtogol) - Tiago Bezerra (1, 77), Dilşod Rahmatullayev (20), Ismoil Gonsalveş (45+1), Jaloliddin Maşaripov (66)