Bugun Google kompaniyasi taşkil etilganligiga 20 yil töldi. Uşbu kompaniya qiziqarli tarix va şonli bugunga ega. Quyida Google haqidagi ajoyib ma'lumotlar bilan tanişişingiz mumkin.
1. Google servisi dastlab BackRub deb nomlangan. Keyinroq kompaniya asosçilari Larri Peyj va Sergey Brin uning nomini yuzta noldan iborat sonni ifodalovçi Googol sözi bilan almaştirişgan. Kompaniyaning ilk investori bu sözni adaşib Google deb yozib qöygani sababli bankdagi pulni oliş uçun kompaniya Google nomi ostida röyxatdan ötgan.

2. Google internet olamida ulkan öringa ega. Kompaniya nufuzi qay darajada ekanligi 2013 yil 16 avgustda ma'lum bölgan. Öşa kuni Google’ning barça servislari 5 daqiqaça işlamay qolgan va jahondagi internet trafigi şu zahoti 40%ga pasaygan.
3. Google asosan reklamadan daromad topadi. 2017 yilda kompaniya reklamadan 72 mlrd dollar pul işlagan.

4. Google Earth ilovasi orqali sayyoramizning barça burçaklarini örganiş mumkin. Google Sky bilan esa foydalanuvçilar koinot va yulduzlar turkumlarini tadqiq qila oladilar.
5. Google ofislarida har bir xodim ötiradigan joy bilan taom bor joy orasidagi masofa 60 metrdan oşmaydi. Grinning fikriça, xodimlar ora-orada biror şirin narsa tanovul qilsa ularning iş samaradorligi oşadi.
6. Google eçkilarni ijaraga oladi. Atrof-muhitga kamroq zarar yetkaziş maqsadida kompaniya hovlisida ösib ketgan maysalarni qirtişlaş uçun 200ta eçki va çöpon xizmatidan foydalaniladi.

7. Google ofisiga kuçuklar bilan keliş mumkin. Kompaniyaning barça xodimlari işga uylarida boqayotgan itlarini olib kelişlari mumkin. Bu jonivorlarga kompaniyaning «itlar bilan işlaş» bölimi xodimlari qarab turadi.

8. Google’ning birinçi serveri Lego Duplo detallaridan qurilgan. Mana endi nima uçun kompaniya logotipi har xil ranglardan iborat ekanligini bilib oldingiz.
9. Peyj va Brinning şaxsiy samolyotlari NASA uçiş-qöniş maydonlaridan foydalanişi mumkin. Umuman olganda, NASA öz maydonlaridan şaxsiy samolyotlar foydalanişiga yöl qöymaydi. Ammo Peyj va Bringa bu mumkin. Çunki NASA bortlarida Google ilmiy qurilmalaridan foydalaniladi.
10. Google öz xodimlari oilasi haqida ham qayğuradi. Kompaniya xodimi vafot etsa, uning qarindoşlari 10 yil davomida xodim bir yillik daromadining 50%ini olişadi. Bunda xodimning kompaniyada qança vaqt işlaganligining qiziği yöq.
11. Google öz dinozavriga ega. Googleplex ştab-kvartirasi qurilişi vaqtida işçilar tirannozavrning toşga aylangan qoldiqlarini topişgan. Keyinçalik bu skelet kiriş eşigi oldiga örnatilgan. Internet öçib qolganida brauzekrda aynan öşa tirannozavr tasviri paydo böladi.

12. Google asosçilari 1999 yilda kompaniyani Excite kompaniyasi rahbariga million dollarga sotib olişni taklif qilişgan. Keyinroq narxni 750 ming dollargaça tuşirişgan, ammo Jorj Bell uni sotib olişga könmagan. Hozirda esa Google 837 milliard dollarga baholanmoqda.
13. Google dizayni öta soddaligiga sabab kompaniya asosçilarining HTML dasturlaş borasida bilimga ega bölişmaganidir. Öşa davrdan buyon sayt dizayni deyarli özgarmay kelmoqda.
14. 2004 yilda Google aksiyalarining bir qismini birjada sotib, jamoatçilik kompaniyasiga aylangan. Öşa kuni kompaniyaning 1000ga yaqin xodimi millionerga aylangan.

15. Google raqobatçisi bölgan Mozilla kompaniyasi Firefox brauzerida Google qidiruv tizimini joylaştirgani uçun öz raqobatçisidan yiliga 300 mln dollar oladi.











