MDH davlatlari terrorizm xavfini öz vaqtida va samarali qaytariş uçun özaro kelişilgan, avvalo, oldindan zarba berişga qaratilgan harakatlarga tayyor turişi lozim, deya hisoblaydi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev.
Uning Duşanbe şahrida MDH davlat rahbarlari kengaşi majlisida sözlagan nutqida ma'lum qilişiça, bugungi terrorçilik tuzilmalari katta moliyaviy resurslarga, eng yangi axborot va texnika vositalariga ega, yuqori darajada harakatçan va tezkordir.
«Hozirgi paytda ularning Yaqin Şarqdan Afğonistonga, MDH çegaralari yaqiniga köçib ötiş tendensiyasi kuçaymoqda.
Mamlakatlarimiz terrorizm xavfini öz vaqtida va samarali qaytariş uçun özaro kelişilgan, avvalo, oldindan zarba berişga qaratilgan harakatlarga tayyor turişi lozim», - dedi Mirziyoyev.
Uning ta'kidlaşiça, MDH makonida yuzaga kelayotgan xavfsizlikka qarşi tahdidlarning öz vaqtida oldini oliş uçun tahliliy va tezkor axborot bilan muntazam almaşişning amaldagi mexanizmlari doirasida samarali hamkorlikni ta'minlagan holda huquqni muhofaza qiliş organlari va maxsus xizmatlar faoliyatini muvofiqlaştirişni kuçaytiriş muhim.
«Yoşlar örtasida radikallaşuv muammosi e'tiborimiz markazida bölib qolişi lozim. Şu munosabat bilan ta'lim-tarbiya, ilm-ma'rifat, yoş avlodni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, uning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, hayotda öz örnini topişi uçun zarur şaroitlar yaratiş borasidagi hamkorlikni kengaytiriş zarur», - deya qöşimça qilib ötdi Özbekiston prezidenti.
Şuningdek, uning bildirişiça, Afğonistonda hanuz davom etayotgan qurolli mojaro Hamdöstlikka a'zo mamlakatlarning aksariyati uçun umumiy tahdid bölib qolmoqda.
Uning fikriça, MDH Afğoniston muammosini siyosiy yöl bilan tezroq hal etişga qaratilgan xalqaro sa'y-harakatlarda muhim rol öynaşga qodir.
Mirziyoyev MDHdagi hamkorlikning eng dolzarb va istiqbolli yönalişlarini ma'lum qildi











