Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «Xususiy tibbiyot taşkilotlarini rivojlantiriş böyiça qöşimça şart-şaroitlarni yaratiş töğrisida»gi PQ-3450-son qaroriga muvofiq, «AKFA Medline» köp tarmoqli tibbiyot markazi vakillari Janubiy Koreyadagi yetakçi oliygohlardan biri hisoblangan Gaçon tibbiyot universiteti rahbariyati bilan muzokaralar olib boriş maqsadida 27-28 sentabr kunlari Inçon şahriga taşrif buyurişdi.
Uçraşuv davomida tomonlar Toşkentda kelasi yili oçilişi kutilayotgan oliygohning tafsilotlari muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga köra, «AKFA Medline» tibbiyot markazi va Gaçon tibbiyot universiteti örtasida kelişuv imzolandi. Unga köra, tibbiyot universitetining 2019-2020 öquv yilidan boşlab faoliyat yuritişi, öquv maskanida darslar ingliz tilida olib borilişi va ta'lim davomiyligi 6 yilni taşkil etişi belgilandi.


Eslatib ötamiz, joriy yilning 25 may kuni Gaçon universitetining Gil gospitali rahbariyati vitse-prezidenti Myung Xi Çung boşçiligidagi delegatsiya «AKFA Medline» tibbiyot markaziga taşrif buyurgan edi. Toşkentda tomonlar örtasida özaro hamkorlik töğrisida şartnoma imzolangan va Gaçon universitetining yangi öquv muassasasini zarur barça öquv darsliklar va dasturlar bilan ta'minlaşi, unga tibbiyot yönalişida universitet oçiş böyiça Gaçon universitetining Gil gospitalidan maslahatçi yuborişi va professorlarni jalb etişga kömaklaşişi belgilandi.


Gil klinikasining Osiyodagi yetakçi örni raqamlarda öz aksini topgan. Rivojlangan tibbiy muassasalar tarmoği 5 ta şifoxona; 6 ta ixtisoslaştirilgan markaz va 2 ta ilmiy-tadqiqot institutni öz içiga oladi. Klinikalar tarmoği asosçisi va ijroçi direktori, 86 yoşli Li Gil Yo bu bilan çeklanmoqçi emas. Bu esa xizmatlar sifati tobora oşib borişini anglatadi.


Bugungi kunda Gaçon universiteti qoşida tibbiy markazning 30 ta bölimi mavjud bölib, bu yerda 2647 nafar xodim (ularning 245 nafari yuqori malakali şifokor) faoliyat körsatadi. Statsionarda bemorlar uçun 1364 örin ajratilgan.
Har yili 1 000 000 dan ortiq bemorlar klinikada davolanadi. 400.000 nafar odamga ambulatoriya yordami, 90.000 nafariga esa şoşilinç yordam körsatib kelinmoqda. Operatsiyalar soni esa 25.000 dan oşadi.
Reklama huquqi asosida











