Sankt-Peterburgdagi Jyeleznovodskaya köçasi, 68-uy yaqinida ommaviy muştlaşuv yuz berdi, hodisa oqibatida Özbekistonning uç fuqarosi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Piter.tv xabar bermoqda.

Muştlaşuv 2 oktabr, seşanba kuni soat 17:30da röy bergan. Özbekistonning 29 yoşli fuqarosi hozirgi vaqtda Harbiy-tibbiy akademiyada piçoq yordamida yetkazilgan jarohat bilan qolmoqda. Uni kasalxonaga olib borişganida, spirtli içimlik iste'mol qilgani ma'lum böldi.

Özbekistonning 22 va 23 yoşli ikki nafar fuqarosi Pokrovskiy kasalxonasiga olib ketildi. Ularda ham piçoq bilan yetkazilgan jarohat bor.

Barça erkaklar noma'lum şaxs ularni piçoqlagani haqida ma'lumot bergan. Muştlaşuv yuz bergan joyda videokameralar bor, yozuvlar röy bergan hodisa tafsilotlarini aniqlaştiriş maqsadida olindi.