4 oktabr oqşomida Yevropa Ligasida 2-tur uçraşuvlari ötkaziladi. «Tribuna» uşbu uçraşuvlar anonsini taqdim etadi.

Nima uçun Mxitaryan «Qoraboğ» bilan öyinga tuşa olmaydi?
Yevropa Ligasi yulduz futbolçilaridan biri bölmiş Genrix Mxitaryan futbolga oid bölmagan sabab tufayli bugun öynay olmaydi. Uşbu armanistonlik futbolçini «Arsenal» Ozarboyjondagi öyin uçun zayavka qilmagan. Bu arman-ozar ziddiyati tufayli xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan qarordir. Bu holat 2015 yilda ham kuzatilgan, öşanda Dortmundning «Borussiya» klubi Mxitaryanni Bokuga olib kelmagandi.

Emeri Yevropa Ligasidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy sanaladi. U «Sevilya» bilan uç marta uşbu turnirda ğalaba qozongan. Bu sovrinlarning biri aynan Bokuda qölga kiritilgandi.

London jamoasi bu şaharga 4 ming kilometr masofani uçib kelgan. Bu «Arsenal»ning yevrokuboklardagi eng uzoq safari böldi. 

Yana bir statistik raqam Mesut Özil bilan boğliq. U yevrokuboklardagi yubiley - 100-öyinida maydonga tuşişga hozirlik körmoqda.

«Milan» uçun sinov, «Çelsi» uçun çigalyozdi maşqlari
Bugun yana ikki katta klub öz maydonlarida öyin ötkazişadi. Birinçi turda debyutant «Dyudelanj»ni qiyinçilik bilan mağlub etib qaytgan Jyennaro Gatuzo jamoasi bu safar yevrokuboklarning doimiy iştirokçisi «Olimpiakos» bilan öynaydi. Gonsalo Iguain çorşanba kungi maşğulotlarda iştirok etgandi, ammo u bugun öyinga tuşiş-tuşmasligi noma'lumligiça qolmoqda. Milanliklar hujumida yoş Kutrone bor, ammo murabbiy uni jismonan zöriqtirmaslik uçun hozir köp öyinlarda tuşirmayapti.

Guruh bosqiçidagi yana bir debyutant, Vengriyaning «Vidi» klubi «Çelsi»ga muammo tuğdirmasligi aniq. Maurisio Sarri London jamoasini yanada kuçaytirgan. Şu bilan birga, uşbu italiyalik mutaxassis ötgan haftada «Liverpul»ga qarşi keçgan ikki öyindan keyin jamoaning asosiy tarkib futbolçilariga dam berişga qaror qilişi mumkin. Bugun u maydonga Fabregas va Barklini tuşirişi kutilmoqda, bu futbolçilar terma jamoalariga çaqirilişi uçun ham öyin amaliyotiga ega bölişlari kerak. Bundan taşqari, jarohatidan foriğ bölgan Loftus-Çik öynaşga tayyor, birinçi turda PAOK maydonida keçgan uçraşuvda jarohatlangan Pedroning holati haqida hozirça aniq ma'lumot yöq.

«Marsel» va «Leyptsig» uçun xavf
Ötgan mavsumda Yevropa Ligasi finalida öynab, «Atletiko»ga yutqazgan «Marsel» bu mavsumni muvaffaqiyatli ötkaza olmayapti. Turnirning birinçi turida Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga yutqazib qöygan jamoaning içki çempionatdagi holati ham yaxşi emas. Frankfurtliklar jamoasi ham bundesligada mavsumni yaxşi boşlay olmagandi, ayni vaqtga kelib Germaniya Kubogining amaldagi ğolibi bölgan jamoa asta-sekin öziga kelmoqda. Rudi Garsiya jamoasida esa vaziyat butkul inqiroz holatiga kelgan - marselliklar oxirgi 4 rasmiy uçraşuvdan 3tasida mağlubiyatga uçraşgan, yagona ğalaba ham işonçli keçmagan - «Strasburg»ga qarşi öyinda 2 gol ötkazilgan va oxirgi daqiqalarda ğalaba goli urilgan (3:2).

Kiprda «Apollon»ga qarşi keçadigan öyin jamoa uçun hal qiluvçi öyinga aylanişi mumkin. Guruhdagi ikkinçi uçraşuvda «Ayntraxt» Frankfurtda «Latsio»ni qabul qiladi. Guruh kuçli jamoalardan tarkib topgan va köp ehtimolki «Marsel» xalqaro maydondagi iştirokini bu mavsumda erta yakunlaydi.

Xuddi şunday holat Germaniyaning «Leyptsig» klubida kuzatilmoqda. Ötgan mavsumda Çempionlar ligasida iştirok etgan bu jamoa keyinroq Yevropa Ligasida iştirokini davom ettirdi. Nemislar klubi bu mavsumda birinçi turda «Zaltsburg»ga öz uyida yutqazdi (2:3), içki çempionatda ham jamoa yetakçilar qatorida emas (6-örin). Bugun jamoa «Rusenborg» mehmoni böladi, guruhning ikkinçi öyinida «Zaltsburg» Avstriyada «Seltik» bilan bellaşadi.

Zagreb jamoasi qanday marralarni közlagan?
Birinçi turdan keyin xulosa qiliş örinli emasdir, lekin birinçi turda eng katta taassurot qoldirgan jamoa Zagrebning «Dinamo»si böldi. Yevrokuboklarda katta tajribaga ega, Filipp Koku boşqaruvidagi «Fenerbahçe» Zagrebda 1:4 hisobida mağlubiyatga uçradi va bu Yevropa Ligasining birinçi turidagi sensatsion natijaga aylandi.

Xorvatlar YeÇL uçun kuraşişgan, ammo pley-off bosqiçida Şveytsariyaning «Yang Boyz» klubi ustun kelgandi.

Nenada Belitsa jamoasi ikkinçi turni Belgiyada «Anderlext»ga qarşi ötkazadi. «Fenerbahçe» esa birinçi turda belgiyaliklarni mağlubiyatga uçratgan «Spartak» Trnava klubini mehmon qiladi.

Yevropa Ligasi
2 tur
4 oktabr, payşanba

«A» guruhi
«Bayyer» Leverkuzen —AYeK 21:55
«Tsyurix»—«Ludogorets» 21:55

«B» guruhi
«Rusenborg»—«Leyptsig» 21:55
«Zaltsburg»—«Seltik» 21:55

«C» guruhi
«Bordo»—«Kopenhagen» 21:55
«Zenit»—«Slaviya» 21:55

«D» guruhi
«Fenerbahçe»—«Spartak» Trnava 21:55
«Anderlext»—«Dinamo» Zagreb 21:55

«E» guruhi
«Vorskla»—«Sporting» Lissabon 21:55
«Qoraboğ»—«Arsenal» 21:55

«F» guruhi
«Betis»—«Dyudelanj» 21:55
«Milan»—«Olimpiakos» 21:55

«G» guruhi
«Spartak» Moskva —«Vilyarreal» 00:00
«Reyndjers»—«Rapid» 00:00

«H» guruhi
«Apollon»—«Marsel» 00:00
«Ayntraxt F»—«Latsio» 00:00

«I» guruhi
«Malmyo»—«Beşiktoş» 00:00
«Sarpsborg»—«Genk» 00:00

«J» guruhi
«Krasnodar»—«Sevilya» 00:00
«Standard»—«Oqhisor» 00:00

«K» guruhi
«Astana»—«Renn» 19:50
«Yablonets»—«Dinamo Kiyev» 00:00

«L» guruhi
BATE—PAOK 00:00
«Çelsi»—«Vidi» 00:00