Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda tuman, şahar, viloyat va respublika miqyosida sport musobaqalari sonini keskin köpaytiriş, ğolib va sovrindorlarni Yoşlar ittifoqi mablağlari hisobidan pullik mukofotlar bilan rağbatlantiriş böyiça topşiriqlar bergan edi. Mazkur vazifalarning ijrosini ta'minlaş maqsadida Özbekiston yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan 2018 yilning 1-6 oktabr kunlari Özbekiston Respublikasining barça tuman va şaharlarida «Yoşlar ittifoqi kunlari» doirasida «Yoşlar sport haftaligi» ötkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantiriş, sport infratuzilmasini yaratiş, aholi, ayniqsa yoşlarni ommaviy sportga jalb etiş, mahoratli sportçilarni tanlab oliş, malakali murabbiylar tayyorlaş, xalqaro nufuzli sport musobaqalariga tayyorgarlikni quçaytiriş maqsadida ötkazilayotgan ommaviy sport musobaqalari respublikaning barça tuman va şaharlariga, çekka-çekka qişloqlarigaça kirib bordi.

«Yoşlar sport haftaligi» doirasida olimpiya va noolimpiya hamda milliy sport turlari, jumladan basketbol, qöl töpi, futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletikaning yuguriş, kuraş, şaşka, şaxmat, suziş, badiiy gimnastika, karate-do, özbek jang san'ati, dzyu-do, kikboksing, toş kötariş, arqon tortiş, taekvondo ITF va boks (3 ming 544 nafar yoşlar) böyiça tarğibot va taşviqot hamda sport musobaqalari ötkazildi.

Respublika böyiça taşkil etilgan badantarbiya maşğulotlari, şuningdek, 1 ming 400ta sport tadbirida 1 mln 709 ming 197 nafar (badantarbiya 1 mln 110 ming 075 nafar, sport tadbirlari 659 ming 122 nafar) yoşlar iştirok etdi.

Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahri, Taxiatoş, Qönğirot, Taxtaköpir tumanlari namunaviy tuman va şahar sifatida tanlab olinib, Respublika yoşlar yetakçisi Q.Quronboyev hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev boşçiligida Respublika işçi guruh a'zolari tomonidan tegişli vazifalar taqsimlab olindi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgaça ta'lim vazirligi, Yoşlar ittifoqi, Xotin-qizlar qömitasi, «Nuroniy» jamğarmasi, Özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi, Respublika hududidagi 6ta oliy ta'lim muassasasi hamda 16ta tuman va şaharlarida vazirlik, idora va taşkilotlar bilan kelişilgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantiriş, sport infratuzilmasini yaratiş, aholi, ayniqsa yoşlarni ommaviy sportga jalb etiş maqsadida 2018 yil IV çorak davomida manzilli taqvim-reja işlab çiqildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasida 7 yoşdan 30 yoşgaça bölgan 735 ming 204 nafar yoşdan, joriy yilning 5 oktabr holatiga ertalabki badantarbiya va 180ta sport turlari böyiça 354 ming 920 nafari (badantarbiya 328 ming 915 nafar, sport tadbirlari 26 ming 500 nafar) iştirok etdi.

Mazkur tadbirlar davomida Respublika yoşlar yetakçisi Qahramon Quronboyev ham qoraqalpoğistonlik yoşlar bilan bir safda turib, sportning yuguriş musobaqasida iştirok etdi.

«Yoşlar sport haftaligi» doirasida amalga oşirilayotgan sport tadbirlari maktab va oliygohlarda, sport maydonçalari va mahallalarda, bir söz bilan aytganda keng jamoatçilik vakillari örtasida respublika böylab davom etmoqda.