Özbekiston Prezidentining 2018 yil 4 oktabrdagi 5551-sonli farmoniga muvofiq şu yilning 5 oktabridan e'tiboran Fransiya Respublikasi fuqarolari uçun 30 kungaça muddatga vizasiz rejim kuçga kirdi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga şu haqida xabar berdi.

Bundan maqsad - Özbekiston va Fransiya örtasida özaro madaniy, ilmiy va ta'lim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş, xalqaro munosabatlarni rivojlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş. Bu esa öz örnida mamlakat investitsion muhiti hamda turistik salohiyati rivojiga ijobiy ta'sir körsatadi. 


Şuni ta'kidlaş joizki, Fransiyadan Özbekistonga taşrif buyuruvçi sayyohlar soni yildan-yilga oşib bormoqda. 2016 yilda ularning soni 4 889 kişini taşkil qilgan bölsa, 2017 yilda bu körsatkiç 5 748 kişiga yetdi. 2018 yilning dastlabki sakkiz oyiga köra, mamlakatimizga sayohat qilayotgan fransiyaliklar soni 9 172 nafarni taşkil qilmoqda. 

Şuningdek doimiy ravişda Özbekistondagi xalqaro turistik yarmarkalarga Fransiya turistik kompaniyalarini jalb qilişga oid işlar olib borilmoqda.

"Mega-axborot-turlari" dasturi doirasida Fransiyaning 200 dan ziyod turistik kompaniyalari vakili va 30 nafar OAV vakili Özbekistonda böldi. Buning natijasi sifatida Fransiyada Özbekistonning tarixiy va madaniy merosi, turistik salohiyatini aks ettiruvçi qator maqolalar çop etildi hamda teledasturlar efirga uzatildi.