Saudiya Arabistoni öz xavfsizligi uçun AQŞga pul tölamaydi, dedi Saudiyaning valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Blumberg agentligiga bergan intervyusida Amerika prezidenti Donald Trampning talabini izohlar ekan. 

Yaqinda Missisipidagi tarafdorlari oldidagi çiqişi çoğida Tramp Saudiya qirolini yaxşi körişini, ammo AQŞ himoya qilmasa u ikki hafta ham tura olmasligini va bu xizmati uçun qirol unga pul tölaşi kerakligini aytgandi.

"Aslida biz xavfsizligimiz uçun heç qanday pul tölamaymiz. Biz AQŞdan olingan barça qurollarga pul tölangan deb hisoblaymiz, qurollarni tekinga olmaganmiz. Saudiya Arabistoni va AQŞ örtasida munosabatlar örnatilgan paytdan boşlab barça narsani pulga sotib olyapmiz", — dedi şahzoda.

Salmon Ol Saudning sözlariga köra, Saudiya Arabistoni ikki yil oldin boşqa mamlakatlardan qurol sotib olişni möljallagan, ammo hukumat tepasiga Tramp kelganidan söng armiyasini yana ön yil davomida Amerika qurollari bilan ta'minlaşga qaror qilgan. Bunda qurolning 60 foizi AQŞdan sotib olinadi, 40 foizi esa Amerika texnologiyasidan foydalangan holda qirollikning özida işlab çiqariladi. Ar-Riyod bu maqsad uçun 400 milliard dollar sarflaşni rejalaştirgan.